«Keling, avval boşdan ta'kidlab qöyaylik, soliqlar tölanişi kerak, noqonuniy bitimlarga qarşi kuraşiş şart. Lekin bu işlar qonuniy tarzda amalga oşirilişi kerak. Soliq qömitasining sönggi oydagi harakatlari esa, fikrimça — soğlom fikr va qonunni mazax qiliş, bu «avval jangni boşlab olaylik, uyoğini keyin köramiz» prinsipi bilan biznes va bozor iqtisodiyotiga çinakam «qizil gvardiyaçilar hujumi»ning özginasi.

Nimalar sodir bölyapti?

1. DSQ «risk-tahlil» natijasida 396 korxonadan iborat (keyinçalik 525tagaça kengaytirilgan) «Şubhali kontragentlar reyestri»ni tuzgan. Ularning şaxsiy kabinetlariga «qöşilgan qiymat soliği summalarining asossiz zaçyotini töğrilaş» haqida bildirişnomalar jönatilgan yoki jönatiladi.

«Risk-tahlil» nima? Bu — ma'lum bir yuzaki belgilarga asoslanib korxonalarni alohida guruhga ajratiş (masalan, «yuridik manzilining tez-tez özgarib turişi», «soliq tölovçining körsatilgan manzili bankrot deb topilgan uç va undan ortiq yuridik şaxslarniki bilan bir xilligi», soliqlar böyiça qarzdorliklar töplanib qolgani). Sanab ötilgan belgilar mazkur röyxatga tuşgan korxonalarning boşqa korxonalarga nisbatan qonunlarni buzişi, soliqlarni tölamasligi ehtimoli yuqori ekanligidan bilvosita dalolat beradi. Jahon amaliyotida risk-tahlil kelgusidagi tekşiruvlarda diqqat qaratilişi lozim bölgan tadbirkorlar guruhini ajratib oliş uçungina amalga oşiriladi. Faqatgina şu uçun. Biroq, risk-tahlil natijalar aslo uning mezonlari ostiga tuşgan firmalar qonunni buzgani va ular jazolanişi kerakligini anglatmaydi. Faqatgina tegişli tekşiruvlar, tergov-suriştiruv harakatlari hamda sud qarorlaridan keyingina ular qonunbuzar deb tan olinişi mumkin.

DSQ mantiğiga köra, «reyestr»ga tuşgan kompaniyalar QQS zaçyotini töğrilaş bilan jazolanadi va endi ularning özi heç qanday qonunbuzarlik qilmaganini isbotlaşi kerak. Boşqaça aytganda, Soliq qömitasi butun jahonda qabul qilingan aybsizlik prezumpsiyasini bekor qilib, uni aybdorlik prezumpsiyasi prinsipiga almaştirdi.

2. Ammo bu «holvasi». DSQ yanada avjiga çiqdi. Barça «şubhali kontragentlar» yoppasiga «obnalçilar» deb ataldi (garçi ularning «şubhalilik» belgilari korxonalar aynan pullarni naqdlaştiriş bilan şuğullanganini körsatmasa-da), ular bilan işlagan 10 mingta kompaniya esa mutlaqo quruq gap bilan «mablağlarni naqdlaştiriş va tölanadigan soliq summasini kamaytiriş