Milliy telekanalining “Özbegim ayoli” mukofotining taqdirlaş marosimi ötkazildi. Mukofot jamiyatda faol, turli sohalarda yutuqlarga erişgan 14 nafar ayolga berildi. Ular 100dan ortiq nomzod orasidan saralangan.
Taqdirlanganlardan biri – “Smartgov consulting” kompaniyasi ijroçi direktori, “Ezgu amal” xayriya jamğarmasi vasiylik kengaşi a'zosi Aziza Umarova, yana biri esa Markaziy bankdagi yagona rahbar ayol, Moliyaviy savodxonlikni oşiriş va bank mutaxassislarini qayta tayyorlaş departamenti rahbari Dilbar Abduğaniyeva.

Mukofot bir guruh şifokorlarga ham topşirildi. Ular pandemiya davridagi fidoyi mehnati va jonkuyarligi uçun taqdirlandi.
Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi Tibbiy standart va protokollarni işlab çiqariş bölimi boşliği Klara Yodgorova, “Tez yordam” teleloyihasi mutaxassislari, şifokorlar Aziza Xöjayeva, Dildora Sekler, Ra'no Qosimovaga ham mukofot topşirildi.

“Tez yordam” körsatuvini butun mamlakat kördi va yangi şaroitda yaşaşga örgandi. Siz butun mamlakatning ğururisiz”, - dedi Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva.
Yana bir nomzod samarqandlik şifokor – Özbekistondagi yagona bolalar kardioxirurgi. U ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yuragida nuqsoni bor bolalarini xayriya asosida bepul operatsiya qiladi.




“Özbegim ayoli” mukofotining 2021 yilgi sovrindorlari:
- Aziza Umarova – “Smartgov consulting” kompaniyasi ijroçi direktori, “Ezgu amal” xayriya jamğarmasi vasiylik kengaşi a'zosi;











