Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yangi fazoviy raketa taqdim etildi
Yaponiyaning aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ikki pog‘onali yangi H-III raketa-tashuvchisini taqdim etdi. Raketa avvalgi avloddagi H-IIA raketasidan 50 foiz tejamkorroq bo‘lishi kutilmoqda.
Raketa Yaponiya janubidagi Tanegasima kosmodromida o‘rnatilgan. Ayni vaqtda uni yonilg‘i bilan to‘ldirish ishlari va tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda. Raketada yonilg‘i sifatida suyuq vodorod ishlatiladi. Raketaning birinchi parvozi 2021 moliyaviy yil (2021 yilning 1 apreli – 2022 yilning 31 marti) davomida o‘tkazilishi kutilmoqda.
H-III Yaponiyaning suyuq yonilg‘ida ishlovchi eng katta raketasi bo‘lib, uzunligi 63 metrni, diametri 5,2 metrni tashkil qiladi. U quyosh-sinxron orbitaga 4 tonnadan ko‘proq, geoo‘tish orbitasiga 6,5 tonnadan ko‘proq foydali yuk olib chiqa oladi.
Kyodo axborot agentligining ma'lum qilishicha, H-III ushbu xususiyati evaziga avvalgi H-IIA raketasiga nisbatan og‘irligi 1,3 marta kattaroq sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara oladi. Bunda raketa soddalashtirilgan konstruksiyasi hisobiga kamxarjroq bo‘ladi. Bu esa H-IIA’ga nisbatan parvozlar narxini 50 foizgacha, ya'ni 5 mlrd iyengacha (46 mln dollar) kamaytirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026