Tanzaniya tarixida mamlakatni ilk bor ayol kişi boşqaradi. Mamlakat prezidenti Jon Magufuli 61 yoşida vafot etgandan keyin uning örnini vitse-prezident Samiya Suluhu Hasan egalladi.
19 mart kuni Hasanning qasamyod keltirişi marosimi bölib ötdi.
“Men, Samiya Suluhu Hasan, halol bölişga, Tanzaniya konstitutsiyasiga amal qilişga va uni himoyalaşga va'da beraman”, deb aytgan Hasan qasamyod keltiriş vaqtida.
17 mart kuni Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli 61 yoşida vafot etdi. U prezident lavozimini 2015 yildan egallab kelgan.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, Magufulining ölimiga yurak xuruji sabab bölgan. Biroq Financial Times naşrining ma'lum qilişiça, Tanzaniya prezidenti koronavirusga çalinib, fevral oxirlaridan omma oldida körinmay qöygan. U dastlab Kongoda, keyin esa Hindistonda davolangan.
Magufuli Afrikaning koronavirusga şubha bilan qarovçi yetakçilaridan biri bölgan. U kasallikni davolaşning ilmiy usullarini inkor etgan.












