Bunda tinglovçilar qişloq xöjaligida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş, joriy biznesini zamonaviy asosda taşkil etiş böyiça mahorat darslarini ötaydilar.

Qişloq xöjaligida hosildorlikni oşiriş sirlari, möl hosil oliş uçun uruğ va öğitlarni tanlaş, çorva mollarini parvarişlaş, samarali biznes reja tuziş asoslari, yetiştirilgan mahsulotlarni zamonaviy marketing usullari orqali sotişni örganiş kabi ham amaliy, ham nazariy bilimlar aynan şu yerda örgatiladi.

Darslar jahon standartlariga tölaligiça javob beradigan öquv auditoriyalarida qişloq xöjaligida tajribaga ega öqituvçilar va ilmiy mutaxassislar, muvaffaqiyatga erişgan tadbirkorlar, biznes yönalişlar böyiça trener hamda bank mutaxassislari iştirokida ötkaziladi. 

Uşbu öquv dasturi qişloq xöjaligida ilk zamonaviy dastur sifatida Qişloq xöjaligi vazirligi, Toşkent davlat agrar universiteti va Andijon agrotexnologiyalar institutlari bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Ta'lim yönalişlari – çorvaçilik, parrandaçilik, sabzavot va polizçilik, issiqxona xöjaligi hamda biznes, moliya va huquqiy savodxonlik darslari. Öqiş dasturi esa ham nazariy, ham amaliy könikmalarni rivojlantirişga qaratiladi. Amaliy darslar tajriba uçastkalari va yirik qişloq xöjaligi korxonalarida ötiladi.

Fermerlar maktabi bir paytning özida respublikamizning 5 ta hududida (Toşkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukus şaharlarida) tinglovçilarga yagona standartlaşgan ta'lim dasturini taqdim etadi. Ta'lim oliş bilan boğliq barça xarajatlar Agrobank tomonidan moliyalaştiriladi.

Quyidagi manzillar orqali fermerlar maktabida öqiş haqida batafsil ma'lumot olişingiz va öqiş uçun sörovnoma töldirişingiz mumkin.

Şoşiling, tinglovçilar qabul soni çeklangan!

Fermerlar maktabi – imkoniyatlar zamini!

Sayt: fermermaktab.uz

Telegram: