Kun.uz muxbiri loyiha ustidagi işlar qanday ketayotgani bilan tanişiş maqsadida Navoiy viloyatida böldi.

QES qurilişini töliq Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi moliyalaştirmoqda. Kompaniya vakili Muhammad Al-Muharramiy loyiha haqida sözlab berdi.

«100 MVt.lik PVP quyoş panellaridan tiklanayotgan loyihamiz Navoiy şahridan 35 km masofada, 268 gektar yer maydonida barpo etilmoqda. Quriliş işlariga 500 dan ortiq mahalliy işçilar jalb qilingan. Hozirça, bizga ajratilgan maydonning 10 foizidan ortiqroq qismiga panellarni örnatiş yakunlandi», – deydi loyiha rahbari.

Muharramiyning aytişiça, Masdar kompaniyasi fotoelektr stansiyasi qurilişida ilğor işlab çiqaruvçilarning eng samarali panellaridan foydalanmoqda. Single Access Tracking System deb ataluvçi texnologiya esa, quyoşning kunduzgi vaqtdagi harakatini ta'qib qiliş imkonini beradi. Bunda fotoelektr panellar örnatilgan moslamalar quyoş harakati böylab yarim aylana şaklida harakatlanadi.

«Quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşgaç, 25 yil mobaynida kamida 20 nafar mahalliy aholi vakili doimiy iş örniga ega böladi. Ular, asosan, panellarni tozalaş va boşqa kundalik işlarni bajaradi.

Loyiha 3 asosiy qismdan iborat böladi. Birinçisida panellar örnatiladi. Yuqori kuçlanişli moslamalarni özaro boğlovçi qurilmalar ikkinçi qismni taşkil etadi. Işni nazorat qiliş bölimi uçinçi qismga kiradi», – deya stansiya hududi taqsimotiga oydinlik kiritdi Muhammad Al-Muharramiy.

100 MVt elektr energiyasi örtaça 31 ming oilaning elektr energiyasiga bölgan talabini qondira oladi. Stansiyada işlab çiqarilgan elektr energiya respublikaning barça hududlarini özaro boğlovçi yuqori kuçlanişli tarmoqlarga ulanadi.

Fotoelektr stansiyasining işga tuşirilişi natijasida yiliga 260 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqariladi hamda 79 mln metr3 tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişiladi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz sayti 2021 yil aprel oyida Özbekistondagi birinçi eng yirik quyoş fotoelektr stansiyasi qurilişi boşlanganiga doir