Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida O‘zbekiston qariyb 1,2 milliard dollarlik oltin sotdi
Joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 13,2 foizga ko‘paydi. Xususan, ushbu davr mobaynida eksport hajmi 14 foizga, import hajmi esa 12,7 foizga o‘sgan. TSA tiklana boshlanishining asosiy sabablaridan biri sifatida may oyida oltin eksport qilinganini keltirish mumkin.
Foto: Shutterstock
2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 14,5 milliard dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,7 mlrd dollarga yoki 13,2 foizga ko‘paygan. Lekin bu ko‘rsatkich 2019 yilning dastlabki 5 oyidagi natijalardan 5,5 foizga kam.
Tashqi savdo tiklana boshlashining asosiy sabablaridan biri sifatida may oyida oltin eksport qilinganini ham keltirish mumkin. Xususan, o‘tgan oy davomida 1,2 milliard dollarlik oltin sotilgan.
TSAda eksport hajmi 5,73 milliard dollarga (14 foizga ko‘paygan), import hajmi 8,83 milliard dollarga (12,7 foizga ko‘paygan) yetdi. Hisobot davrida – 3,1 milliard dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,4 foiz), Rossiya (16,5 foiz), Qozog‘iston (10,5 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Koreya (4,5 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz) va Afg‘oniston (2 foiz) bilan qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlat, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 14ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-may oylarida TSAning 36,1 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 foizga ko‘paygan.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
23:50 / 19.05.2026