Özbekistonning Afğonistondagi elçisi Yodgorxöja Şodmonov boşçiligidagi delegatsiya bugun, 2 oktabr kuni Kobulda “Tolibon” taşqi işlar vaziri v.b. Amirxon Muttaqiy bilan uçraşdi.

“Tolibon” siyosiy ofisi rasmiysi Twitter'da bergan ma'lumotga köra, uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlar, xususan, Mozori Şarif va Qobul aeroportlarini rekonstruksiya qiliş masalalari muhokama qilingan.

Şuningdek, ikki davlat örtasida aviaqatnovlarni tiklaş masalasida ham ijobiy suhbat bölgani qayd etilgan.

Amirxon Muttaqiy Özbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaş umidini bergani uçun minnatdorçilik bildirgan.

Kun.uz diplomatik muzokaralar va unda kötarilgan masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot oliş uçun Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bilan boğlandi, biroq vazirlikdan izoh olişning imkoni bölmadi.