«Banklarda islom darchasini ochish ustida ishlayapmiz» - Markaziy bank raisi
Islom moliyasiga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishdan o‘tgan, deb ma'lum qildi Mamarizo Nurmuratov. Avvaliga mikromoliya tashkilotlariga, so‘ng tijorat banklariga islom moliyasi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqi berilishi mumkin.

Foto: Kun.uz
21 oktyabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov bugungi kunda 14ta bankda islom darchasini yo‘lga qo‘yish ustida ishlar boshlangani va bunda islom tamoyillari asosida kredit berish ishlari amalga oshirilishi haqida gapirdi.
“14ta bankda islom darchalarini yo‘lga qo‘yish ustida ishlar ketmoqda. Biz oldin juda oddiy o‘ylar ekanmiz. Islom davlatlari banklarida o‘zining ma'lum jihatlari bor ekan. Ya'ni men sizga islom tamoyillari asosida kredit berishim uchun men sizga beradigan resursni ham islom tamoyillari asosida jalb qilishim kerak bo‘ladi. Ya'ni men foizga depozit jalb qilib sizga islom tamoyili asosida kredit bersam, siz olmasligingiz mumkin. Chunki depozit jalb qilish islom tamoyiliga javob bermaydi. Bu borada biz, eng avvalo, islom moliyasi bo‘yicha savodxonlikni oshirish borasida ma'lum ishlarni amalga oshirishimiz kerak”, — dedi Markaziy bank raisi.
Uning ta'kidlashicha, islom moliyasiga oid qonun loyihasi qonunchilik palatasida birinchi o‘qishdan o‘tgan.
“Ushbu qonun loyihasida islom moliyasi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun mikromoliya tashkilotlariga ruxsat berganmiz. Bu borada tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilish jarayonida. Asosiysi, shu vaqtgacha e'tibor bermagandim, islom moliyasi rivojlanishi uchun fatvo beradigan musulmonlar idorasi ham kerak ekan. Ya'ni Malayziya va Indoneziyadagi musulmon idoralari shunaqa fatvoga ega ekan. Ya'ni bu juda murakkab va nozik jarayon. Bu nozik tomonlariga e'tibor bermay, mana, islom banki bo‘ldi degan bilan ko‘zlagan natijaga erisha olmaymiz. Bosqichma-bosqich bu ishlarni amalga oshirib, mikrokredit tashkilotlardan keyin tijorat banklarida islom moliyasi darchasini ochish lozim”, — dedi Mamarizo Nurmurotov.
Avvalroq, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov O‘zbekistonda islom moliyasi rivojlanmaganining sababi sifatida islom moliyasi tizimining “murakkabligi”, aholining banklarga ishonchi va moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi bilan izohlagandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1–4 sentyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

12:24
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025