Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Maktab oçiliş marosimida davlat va nodavlat taşkilotlari rahbarlari, prezident maktabi pedagoglari va öquvçilari, nuroniylar va öquvçilar ota-onalari, keng jamoatçilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdi.

Dastlabki yilda maktabda 144 nafar öquvçi tahsil olişni boşladi. Kelgusi yildan beşinçi sinflarga yana 24 nafar öquvçi qabul qilinib, öquvçilar soni 168 nafarga yetkaziladi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Uşbu öquvçilarga köp bosqiçli sinov asosida saralab olingan 21 nafar mahalliy hamda 11 nafar xorijlik öqituvçi ta'lim beradi. Darslar har bir fan tasnifiga qarab jihozlangan sinfxonalarda Kembrij öquv dasturi asosida ötiladi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Tadbirda iştirok etgan viloyat hokimi Ğofur Mirzayev ta'limda yangiça yondaşiş bölgan mazkur maktablardagi öquv jarayoni haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Avvalroq, Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida prezident maktabi oçilganligi ma'lum qilingan edi.