Saida Mirziyoyeva Abu-Dabi şahrida «Global örta maktablar» nominatsiyasi böyiça ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilarga prezident nomidan mukofotlarni topşirdi. Bu haqda u özining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.

Tantanali tadbirda, şuningdek, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari ham iştirok etgan.

«Bugun Abu-Dabi şahrida «Global örta maktablar» nominatsiyasi böyiça Şayx Zoid mukofoti sovrindori bölgan prezident maktabi ikki nafar öquvçisining ota-onasi va ustoziga Özbekiston prezidenti nomidan mukofotni topşirişdan xursand böldim.

Bu ğalaba barça yoşlarimiz uçun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Prezident maktabi öquvçilari va ularning ustoziga BYD avtomobillari ham topşirilgan.

Tanlovda maktab öquvçilari Pahlavon Ğulomov va Asilbek Aşrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomğir suvini içişga yaroqli darajagaça qayta işlaş loyihasi ğalabani qölga kiritgan. Ta’kidlanişiça, tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tuşgan.

14 yanvar kuni Abu-Dabida mukofotni öquvçilarga Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon şaxsan topşirgan edi. Taqdirlaş marosimida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etgan.