Uzbek.life’ning navbatdagi suhbatdoşlari Yaponiyada 18 yildan beri yaşayotgan Dadaboyevlar oilasi böldi. Qahramonimiz Akbar Dadaboyev Yaponiyadagi “Cezars kitchen”ning Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy direktori sifatida faoliyat yuritadi. Turmuş örtoği Umida Aşurova esa Kinjo Gaukin universiteti professori hisoblanadi.

“Qöqonjon”da tuğilganman...”

Akbar Dadaboyev: Men Qöqonda tuğilib ösganman. Qöqonni erkalab Qöqonjon deyişni yaxşi köraman. Maktabni tamomlagaç, iqtisodiyot litseyida, undan söng Toşkentdagi iqtisodiyot universitetida tahsil olganman.

12 yoşimda 4 ta tilda bemalol gaplaşa olardim

Umida Aşurova: Men asli Andijonda tuğilganman. Lekin Farğonada ulğayganman. Şu sababdan ham Farğona davlat universitetining xorijiy tillar filologiyasi fakultetida tahsil olganman.

Tahsil oliş uçun Yaponiya davlatini tanlaşimizga köplab sabablar bor. Özi meni yuz tuzilişim şarqiy osiyolik ayollarga öxşagani sababli maktabda ham, keyinçalik oliygohda ham laqabim “yaponka” bölgan. Şu boisdan ham öşa vaqtlardan boşlab menda Yaponiya davlatiga qiziqiş paydo bölgan. Bundan taşqari, yoşligimdan tillarni örganişga qiziqişim kuçli bölgan. 12 yoşimda 4 ta tilda bemalol gaplaşa olardim. Universitetda ingliz, fransuz, nemis va ispan tillarini örganganman. Yuqorida sanab ötgan tillarni örganiş nisbatan osonroq bölganligi sababli men örganiş qiyinroq va nisbatan mukammalroq bir tilni örganişni xohlardim va aynan, yapon tilini tanlaganman. Yaponiyaga qiziqişim yapon tilini örganişim davomida ortgan. 

Öqişni taşlab ketganimga afsuslanmayman.

Akbar Dadaboyev: Farzandli bölganimdan söng men ulğayganimni va endi yelkamda ikki hissa mas'uliyat borligini his qilganman. Öşa vaqtlar Umida ham, men ham magistraturada öqirdik. Ikkalamiz ham talaba bölganimiz sabab öqişdan ortib işlaş masalasi qiyin edi. Şunda bir narsani tuşunib yetganman: men ayolim öqişini davom ettirişi uçun ham işlaşim kerak. Öz oilamni moddiy jihatdan ta'minlaşim zarurligi uçun ham universitetni taşlab ketganman va Nagoya şahriga borib restorandan özimga iş topganman. Ular menga soatiga 8 AQŞ dollari pul tölaşardi. Öylaşingiz mumkin: nega oliy ma'lumotli inson oddiy ofitsiant bölib işga kirdi? Sababi men ingliz tilini yaxşi bilardim, lekin yapon tilini unçalik bilmasdim. Eng muhimi işga kiriş bölgan. Lekin heç qaçon universitetni taşlab ketganimga afsuslanmaganman. Bu qarorim juda töğri bölgan.