2018 yilning 28 sentabr kuni MJ Developers O‘zbekiston hukumati bilan 100 million dollarlik sarmoya shartnomasini imzoladi. 2019 yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi 329,6 million dollarni tashkil qildi.

Namanganda faoliyatimizni boshlaganimizga ikki yil, Minerva City loyihasi boshlanganimizga esa bir yil bo‘ldi. Biz O‘zbekistondagi 4 ta yirik loyihaga katta miqdorda sarmoya kiritdik va faoliyatimiz davomidagi ayrim voqealarni siz bilan baham ko‘rish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.

Qaysidir ishlarimiz yaxshi ketdi, ba’zan esa qiyinchiliklarga duch keldik, menimcha, bu har qanday biznes uchun muqarrar, - deydi janob Jalan.

Foto: MJ Developers

Asosiy g‘oya – «niyat yaxshi va shaffof bo‘lishi kerak», bu – biz MJda amal qiladigan tamoyil.

Poytaxtning biznes tumanidagi kichik loyihani amalga oshirish o‘rniga, nega yirik loyihalarga sarmoya kiritishga qaror qilganimiz haqida bir necha asosiy fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

Odatda, har bir kishi boshqa mamlakatga kelganida yangi narsalarni sinab ko‘rishni xohlaydi, ammo bizning qarashimiz biroz boshqacha edi. Nafaqat loyiha ishlab chiqish, balki mahalliy va xalqaro bozor e’tiborini tortadigan loyiha yaratish. Agar siz xorijiy sarmoyadorlar e’tiborini jalb qilmoqchi bo‘lsangiz, konsepsiya va dizayn nuqtai nazaridan yangilik kiriting. Bu xalqaro bozorda qadrlanadi.

Shuningdek, loyihamiz ko‘lami mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratish, O‘zbekiston bozoriga turli texnologiyalarni joriy etish imkonini berdi.

Dubaydagi development – klassik misol. Shahar qiyofasi bir necha yillar davomida shakllanib kelmoqda, bugungi kunda u dunyodagi eng taniqli shaharlardan biridir. Bunday miqyosdagi loyihalar katta vaqt resurslarini talab qilishini yashirmaymiz. Maqsadimiz – loyihamizni o‘z muddatida va hatto undan oldinroq ham yakunlash.

Ayni damda Toshkentda aholi turmush tarzi ehtiyojlarini qanoatlantirish bo‘yicha yetarli qulayliklar mavjud emas, ko‘ngilochar soha kam rivojlangan. Loyihamizni yaratishda yangi yondashuvdan foydalanamiz va jahon darajasidagi turmush tarzi uchun kerak bo‘lgan barchasini birlashtirishga intilamiz. Biz uydan ishgacha va uyga qaytguncha bo‘lgan masofada to‘liq hayot sikliga e’tibor qaratamiz – tug‘ilishdan boshlab, shifoxona-yu ta’lim muassasalarigacha (maktablar), ko‘rkam sport maydonlaridan tortib oliy ta’lim muassasalarigacha (universitetlar), shoping va ko‘ngilochar savdo maydonlarigacha, bularning hammasida hatto katta yoshdagi insonlar uchun ham ko‘plab qulayliklar mavjud».