Xizmat körsatiş sohasini takomillaştirişga oid videoselektor yiğilişida prezident turizm va mehmonxonalar sohasiga alohida töxtaldi.
Ma’lum qilinişiça, yangi mehmonxona, dam oliş maskanlari uç yil davomida mol-mulk va yer soliğini 2 barobar past stavkada tölaydi.
Şuningdek, turizm sohasi uçun maxsus soliq rejimi joriy etilib, uç yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va yer soliqlari esa hisoblangan summadan 1 foizi miqdorida belgilanadi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mehmon uylarini taşkil etiş va ta’mirlaş uçun ham, imtiyozli kredit ajratiladi. Buning uçun kelgusi yilda 500 milliard söm yönaltiriladi.
«Bir oy muddatda maxsus soliq rejimi joriy qilinadigan tuman va şaharlar röyxati şakllantirilib, qaror loyihasiga ilova qilinsin. Şuningdek, qişloqlarda yangidan örnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer soliğidan ozod etiladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan taşqari, aloqa operatorlarining mobil aloqa va tezkor internet qamrovini oşiriş uçun bazaviy stansiyalardan birgalikda foydalaniş huquqi beriladi.
Sanoati rivojlangan 27ta tumanda savdo, umumiy ovqatlaniş, logistika, mehmonxona, texnik xizmat körsatiş va köngiloçar maskanlar xizmatlariga ustuvorlik beriladi. Xususan, kelgusi yilda Ohangaron tumanida yirik quriliş materiallari klasterlari işga tuşişi hisobiga logistika, quriliş, autsorsing, ekspertiza, savdo va ovqatlaniş, mehmonxona kabi xizmatlarga talab kamida 2 barobarga oşadi.
«Bunda, kamida 50 mingta iş örinlari yaratiş nazarda tutilişi kerak. Bu maqsadlar uçun uşbu 27ta tumanga 200 milliard söm ajratiladi. Qişloq xöjaligida daromad yuqori bölgan tumanlarda (jon boşiga 8 million söm) umumiy xizmatlar bilan birga, zamonaviy agroxizmatlar rivojlantiriladi.
Misol uçun, 158ta qişloq tumanida bir oyda örtaça bir kişiga 270 ming sömlik xizmat körsatilsa, Qamaşida bu körsatkiç 180 ming sömni taşkil etadi. Lekin tumanning salohiyatini töliq işga soliş orqali bu körsatkiçni kelgusi yilning özida 300 ming sömga yetkaziş mumkin.
Xususan, tumanda paxta va ğalladan böşaydigan 940 gektar, jumladan kelgusi yilda 400 gektar yer maydoni 1 ming aholiga ijaraga beriladi. Uşbu yerlarda uruğ va köçat, öğit yetkazib beriş, agrohimoya, suv tejovçi texnologiyalarga xizmat körsatiş va mini texnika bilan ta’minlaş böyiça alohida Agroxizmatlar markazi taşkil etiladi.
Bundan taşqari, tuman aholisida 100 ming boşdan ortiq qoramol, 200 mingdan ziyod qöy-eçki va 450 mingga yaqin parranda mavjud. Şu bois, tumanda kamida 5ta xususiy veterinariya xizmati korxonasi taşkil etib, 50dan ziyod iş örni yaratiş zarur. Buning uçun, tuman budjeti hisobidan 50 nafar yoşlar zootexnik-veterinariya yönalişidagi öquv kurslarida öqitiladi.











