Qölida bola bilan öqiyotgan talabalar. Ularni qöllab-quvvatlaşga e’tibor qaratiladimi?
|17:08 / 18.02.202240 30813 min
Özbekistonda qizlarning turmuşga çiqiş va ta’lim yoşi deyarli teng. Talabalar soni yildan yilga oşib borayotgani hisobiga, oilali student-ayollarni qöllab-quvvatlaş zarurati ham ortmoqda. OTMlarda bu borada ilğor xorij tajribasini joriy etişni keçiktirmaslik lozim.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
1-ssenariy: Qiz maktabni yoki litsey/kollejni tugatib öqişga kira olmadi. Yana qayta urindi, kira olmadi, iş topadi yoki uyda ötiradi. Yo biror hunar örganişi mumkin. Tezroq unga kuyov topib, uzatib yuborişlari mumkin. “Öqimasa, olib ötirib nima qilamiz”.
2-ssenariy: Qiz öqişga kirdi. Yaxşi baholar bilan öqiyapti. Grant bölsa, 1–2-kursda öqiyotganidayoq, kontraktda öqisa, taxminan 3-kursda öqiyotganida sovçilari köpayadi. Köplab holatlarda qiz bakalavriat yo magistraturadagi öqişini tugatmasdan turmuşga çiqib ketadi. “Özimiz öqitib olamiz, öqişiga bemalol boraveradi”, deydi kuyov tomon.
Lekin turmuşga çiqqandan keyin qizlar vaqtlarini ikkiga: öqiş va oilaga taqsimlaşlariga töğri keladi. Agar farzandli bölsa, unda uçga.
Har uçta qizdan bittasi 20 yoşga tölmay turmuşga çiqmoqda
Statistika qömitasi taqdim etgan ma’lumotga köra, 2021 yilda 305 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan. Şundan 93,2 mingta holatda kelinlar hali 20 yoşga tölmagan bölgan, 186,7 nafar kelin esa oila quriş paytida 20–30 yoş oraliğida bölgan.
Agar qiz bola maktabga 7 yoşda borsa va 18 yoşda 11 yillik ta’limni tugatib, öz vaqtida OTMga kirsa, bakalavriatni 22 yoşida, magistraturani esa 24 yoşida tugatadi. Örtada tanaffuslar ham bölişi ehtimolini hisobga olsak, xotin-qizlar 25–26 yoşigaça ham ta’lim olişi mumkin.
Raqamlardan kiçik xulosa qiliş mumkinki, Özbekistonda aksar qizlar ta’lim oliş yoşida turmuşga çiqadi. Balki şuning uçun ham ular köproq nisbatan oson yönalişlarda ta’lim olişni ma’qul körişadi: OTMlarda tahsil olayotgan 260 ming talaba qizlarning qariyb yarmi – 126,3 ming nafari pedagogika yönalişida tahsil oladi. Soliştiriş uçun: tabiiy fanlar yönalişlarida 14,1 ming nafar, matematika fanlarida esa 5,4 ming nafar qizlar öqiydi.
Turmuşga çiqib öqiyotgan qizlar muammolari haqida Facebook ijtimoiy tarmoğidagi xotin-qizlar guruhlaridagi fikrlarni örganib kördim. Özi yoki yaqin qarindoşi bölgan qizlarning turmuşga çiqib öqişini davom ettirgani haqida taxminan 80 kişi fikr bildirdi. Asosiy javoblar – turmuş qurgandan söng ta’lim oliş sifati tuşib ketgani haqida böldi. Aksar respondentlar yaxşi öqişgani haqida faqatgina OTMdagi darslariga vaqtida borib kelganini aytiş bilan çegaralandi, biroq ta’lim oliş sifati pasayganini bildirgan. Mö’jaz tadqiqot respondentilar kuzatişlari va javoblariga köra, yangi xonadonda kelinning yetarli darajada ta’lim olişini qöllab-quvvatlovçilar ham bor, lekin ular kamçilik.
Mavzuga oid
Turmuşga çiqqaç, yoş ona bölgan talabalarning holatini tasavvur qilib köriş mumkin. Agar bolasiga qarab turadigan yaqinlari bölsa, 2-3 para darslarga borib kelişi mumkin, agar bölmasa-çi? Bolasi emizikli bölsa-çi? Xullas, öqiş, oila va farzandi örtasida muvozanatni saqlab, sifatli öqiy oliş – talaba bölgan yoş onalar uçun juda katta vazifa.
Talaba-onalar uçun muqobil variant taklif qilinişi kerak
— Turmuşga çiqqanimda magistraturada birinçi kurs, farzandli bölganimda esa ikkinçi kurs edim. Birinçi kursda karantin sababli öqiş onlayn bölgan, qiyinçilik yöq edi, ammo masofaviy ta’lim sifatli böldi, deb ayta olmayman.
Ikkinçi kursdan esa darslarga qatnaş majburiy qilib qöyildi. Qarindoşlari tomonidan yordam bölgan onalar qatnay oldi, bunday yordam bölmaganlar esa öqişga kelgani ham yöq. Fikrimça, yoş onalar uçun muqobil variant ölaroq sifatli onlayn ta’lim taklif qilinişi kerak. Balki bu qöşimça tölovlarni talab qilar, ammo imkoniyat taklif qilinişi kerak.
Ona oğir tanlov qarşisida yolğizlatib qöyilgan: yoki öqişi, özini rivojlantirişi kerak, yoki karera qilişdan umid uzib, bola tarbiyasi bilan şuğullanişi kerak. Lekin nomiga emas, çin ma’noda ilm oliş uçun bola tarbiyasini qöl uçida qilişiga töğri keladi.
Risoladagidek ayol hammasiga ulgura oladi degan gap safsata: ikkisiga birdek ulguriş imkonsiz, yo öqiş ölda-jölda böladi, yo tarbiya.
Farzandimni katta qilib olgandan keyin öqirman/işlarman deganlar esa vaqt nuqtayi nazaridan öziga tengdoş erkaklarga qaraganda juda köp narsani boy beradi, ulgurib oliş uçun karrasiga köproq mehnat qilişi kerak böladi. Öz-özidan bu uning rivojlanişdagi imkoniyatlariga ham, ruhiy va jismoniy salomatligiga ham salbiy ta’sir körsatadi. Özim misolimda ham şunday bölgan: ham bolani, ham öqişni köngildagidek uddalaşga harakat qilganman va qilyapman, lekin bundan ruhiy holatim jiddiy talafot köryapti.
Umuman olganda, jamiyat yoş onalarga mos qulayliklar taklif qilmaydi. Jamoat joylarida emiziş uçun alohida xonalar, binolarga kiriş-çiqişda bolalar aravaçasi uçun panduslar yöqligi (borlari ham nomiga qöyilgan, amalda u orqali aravaçani olib ötiş imkonsiz, ayniqsa zinalari juda köp, eskalatorlar kuniga bir neça soatgina işlaydigan yoki umuman işlamaydigan köpriklarni gapirmasa ham böladi), iş va öqişda ular uçun muqobil formatlar taklif qilinmasligi kabilarni keltiriş mumkin.
***
Yuqoridagi fikrlar – jamiyatda öz örnini topib, yaxşi kadr sifatida ilmiy salohiyatini oşirişni xohlagan, parallel oilani ham eplaşga, farzandini e’tibor bilan katta qilişga harakat qilayotgan özbek ayollaridan birining fikri. Bunday xotin-qizlar juda köp va ular jamiyatning qöllab-quvvatlovisiz qiynalmoqda.
Xotin-qizlarning iş va öqiş faoliyatida ma’lum muddat – farzandli böliş va farzandlarini katta qiliş davrida – tanaffus bölişiga tabiiy qaraladi. Onalik ta’tili hamma davlatlarda ham bor va onalarning jismoniy, ruhiy holati inobatga olinsa, bu – eng yaxşi variant. Lekin öqiyotgan va talaba payti homiladorlik, yoş onalik davrini boşdan ötkazadigan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va ta’limi uçun qulay şaroit yaratib beriş masalasini hal qilmaslikni boşqa sabablar ortiga bekitib bölmaydi.
Xalqaro tajriba: Homiladorlik va yoş bolalilik öqişga tösiq bölmaydi
Angliyaning York universiteti
Angliyaning York şahrida joylaşgan York universiteti “Talabaning homiladorligi, onalik, otalik va farzand asrab oliş siyosati”ni işlab çiqqan. Unda homilador va yoş bolali talaba onalar uçun qulayliklar va ta’lim olişi uçun moslaşuvçan şaroit qilib beriş nazarda tutilgan. Universitet homilador yoki yoş bolali böliş ta’lim olişga tösiq bölmaydi, deb hisoblaydi va bu holatdagi talabalarga qulay şaroit yaratib beradi.
York universiteti
Avvalo, homilador talaba öz soğligi haqida universitetni xabardor qilişi kerak. Agar xabardor qilmasa, soğligi yoki turli tibbiy köriklar sabab darslarda yoki imtihonlarda qatnaşa olmay qolgan holatlarda uning holatini maxsus körib çiqiş imkoni bölmasligi mumkin.
Talaba homiladorligi haqida kafedradagi özi biriktirilgan xodim bilan uçraşib, holatini bildirişi va onalik rejasini töldirişi kerak böladi. Bunday reja talabaga öqişda moslaşuvçan grafikni taqdim etişi mumkin va grafikni öqituvçilari ham körib çiqqan bölişi kerak.
Farzandli bölganda esa talabaga kamida 2 haftalik ta’til beriladi. Yana bir qiziq tarafi: hatto ota bölgan talaba ham bolasi tuğilgandan to 8 haftalik bölgunça muddatda 1-2 haftalik ta’til olişi mumkin.
Emiziş xonalari va bolalar parvarişi xizmatlari
York universitetida xodimlar, talabalarning farzandlari uçun alohida boğça taşkil qilingan. Boğçalar tölovli bölib, 3 oylikdan to maktab yoşigaça bölgan bolalar qabul qilinadi. Masalan, yoş bolali talabalar ham farzandi bilan öqişga kelib, uni universitetning maxsus boğçasiga joylaştirib darslarda qatnaşişi, kutubxonalardan foydalanişi mumkin.
Foto: york.ac.uk
Universitet kampusida emiziş uçun maxsus emiziş xonalari ham bor va ular 24 soat işlaydi.
Lester universiteti
Buyuk Britaniyaning yana bir universiteti – Lester universitetida ham deyarli xuddi şunday tartib işlab çiqilgan. Homiladorligi va yoş bolali ekanini ma’lum qilib qöygan talabalar uçun alohida dastur işlab çiqiladi, akademik standartlarni buzmagan holda uning öqişi uçun moslaşuvçan şaroit qilib beriladi.
Foto: Instagram / uniofleicester
Farzandli bölgaç esa unda tanlaş imkoni bor: yo bir yillik bola parvarişi ta’tili oliş, buni xohlamaganda esa unga tuğuruqdan söng 2 haftalik ta’til beriladi.
Kembrij universiteti
Britaniyadagi maşhur universitetlardan yana biri – Kembrij universiteti homilador va yoş bolali talabalar uçun alohida yöriqnoma işlab çiqqan. Unda ham homilador talabalar uçun şaroit qilib berilişi mumkinligi, tuğuruqdan söng örtaça 2 hafta ta’til oliş mumkinligi qayd etilgan.
Foto: catseducation.com
Kembrij universiteti ham emizikli va 6 oylikkaça bölgan talaba onalar uçun alohida şaroit yaratgan. Talabalar dekanatlar bilan kelişgan holda emiziş xonalaridan, universitetdagi muzlatkiçlardan foydalanişi mumkin.
Özbekistonda homilador va yoş ona bölgan talabalar uçun qanday imtiyoz va şaroitlar bor?
Özbekiston qonunçiligiga köra, talaba xotin-qizlar homiladorlik va tuğiş, bolalarni parvariş qiliş uçun akademik ta’til olişlari mumkin. Akademik ta’til öqişdan çetlaştiriş hisoblanmaydi. Akademik ta’til olgan talaba agar öqişni davom ettira olişiga işonsa, arizasiga köra OTM rektorining buyruğiga muvofiq, öqişini akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat (mustaqil ta’lim) ta’lim şakliga ötkazişi mumkin.
Bunda, OTMda muayyan bakalavriat ta’lim yönalişi (magistratura mutaxassisligi) böyiça sirtqi yoki masofaviy ta’lim şakli mavjud bölgan taqdirda, talabaning öqişi arizasiga köra belgilangan muddatga uşbu ta’lim şakliga ötkaziladi. Qolaversa, talaba öqiyotgan ta’lim yönalişining xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotga köra, hali OTMlarda eksternat va masofaviy ta’lim joriy etilmagan. Masofaviy ta’lim şakliga 2022/2023 öquv yilidan ötilişi reja qilingan. Biroq OTM rektorining qaroriga muvofiq, talaba akademik ta’til davrida öqişini masofaviy tarzda davom ettira olişi mumkin, bu OTM tomonidan çiqariladigan içki tartib va rektor buyruği bilan amalga oşiriladi.
Lekin aksar holatda yoş bolali talabada masofaviy yoki eksternat ta’limni tanlaş imkoni deyarli kam va unda 3 ta tanlov bölişi mumkin: uyda qarovçisi bölsa, emizikli bolasini qoldirib, darslarga ölda-jölda qatnaş, akademik ta’til oliş yoki (agar öqiyotgan yönalişida sirtqi ta’lim şakli mavjud bölsa) sirtqi şaklda öqiş.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumotga köra, tuğuruqdan söng qisqa muddatli ta’til oliş amaliyoti ham OTMlarda mavjud. Bunda talaba salomatligi töğrisidagi tibbiy xulosani ilova qilgan holda ariza yozadi va har bir OTMning içki tartib-qoidasi asosida unga qisqa muddatli ta’til beriladi.
OTMlarda homilador, yoş bolali ayollar uçun şaroit bormi?
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga köra, hozirça OTMlarda xodimlar, talabalarning bolalari uçun maxsus boğçalar, emiziş xonalari taşkil qilinmagan.
Yuqorida tahlil qilganimizdek hozir davlat OTMlarida homilador, yoş bolali talaba qizlar ta’lim olişi boşqa talabalarga nisbatan qiyinroq. Ular özlari uçun şaroit qilib harakat qilişga majbur.
Lekin yurt kelajagi haqida gap ketarkan, birinçi navbatda farzandlar tarbiyasiga mas’ul onalar ilmli bölişi kerakligini inkor qilib bölmaydi. Zamonaviy ilm-fandan xabardor, oliy ta’limni sifatli öqib tugatgan xotin-qizlar oiladagi rolidan taşqari mehnat bozorida ham juda kerakli. Şuning uçun ham ularni, avvalo, oilada, jamiyatda, ta’lim dargohlarida qöllab-quvvatlaş va şunçaki OTMni tugatişi uçun emas, sifatli öqib tugatişi uçun şaroit qilib beriş muhimdir.
Buning uçun xorij OTMlarida taşkil qilingan şaroitlarni örganiş va amalga tatbiq etişning özi ham katta qadam bölişi mumkin.