Butun O‘zbekiston bo‘ylab elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi
2022-2023 yillarda Toshkent shahrining barcha tumanlari, shuningdek, respublikaning barcha viloyat markazlarida elektromobillar uchun tezkor quvvatlash stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Megawatt Motors
Bu borada 28 mart kuni O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi va Megawatt Motors kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi xabarida, qo‘mita O‘zbekiston davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z avtoparkini bosqichma-bosqich elektromobillarga o‘tkazishni boshlagani ta’kidlangan.
Spot ma’lumotiga ko‘ra, Megawatt Motors elektromobillar uchun quvvatlagichlar o‘rnatish rejalarini 2020 yildayoq e’lon qilgan edi. Kompaniya vakilining nashrga ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda 10ta zaryadlash stansiyasi tashkil etilgan. Ikkinchi bosqichda yana 68ta stansiya tashkil etiladi, ulardan 56tasining quvvati 60 kVt, 12tasida 100 kVt bo‘ladi.
Kompaniya rejalariga ko‘ra, stansiyalar butun O‘zbekiston bo‘ylab – “har 100 km masofada” o‘rnatiladi. Loyihaning hisoblangan qiymati 500 ming dollar bo‘lib, uni kompaniya to‘laligicha o‘z hisobidan moliyalashtiradi.
Plugshare xaritasiga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 42ta zaryadlash stansiyasi bor. Ulardan 22tasi poytaxt Toshkentda, 4tasi Toshkent viloyatida joylashgan; shuningdek, Samarqand, Qarshi, Namangan, Qo‘qon, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida ham elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bor.
O‘zbekistonda zaryadlash stansiyalari o‘rnatish bilan Makro va TokBor brendlari ham shug‘ullanib kelmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 228ta elektromobil import qilingan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3 barobarga ko‘p.
Elektromobillarning deyarli barchasi Xitoydan import qilinmoqda. 228 dona mahsulotning umumiy qiymati 5,9 mln dollarni tashkil etgan.
Avvalroq Iqtisodiyot vazirligi elektromobillarni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli prezident qarori loyihasini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

07:39 / 26.08.2022
Ekologik huquqbuzarliklarni dron yordamida aniqlash boshlandi

18:31 / 23.08.2022