14 aprel kuni prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoğini kengaytiriş töğrisida”gi farmoni imzolandi.

2022 yil 1 sentabrga qadar vazirlik, idora va taşkilotlar tasarrufida bölgan ta’lim muassasalari negizida 19 ta ixtisoslaştirilgan maktab-internat hamda 141 ta ixtisoslaştirilgan maktab, 2023 yil 1 iyunga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bölgan va faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar şaharçalari negizida 5 ta ixtisoslaştirilgan maktab-internat hamda 3 ta ixtisoslaştirilgan maktab taşkil etiladi.

Bildirilişiça, Prezident maktabiga 5-sinf kiriş imtihonlari ikkinçi bosqiçida iştirok etib, öqişga kira olmagan talabgorlar har bir viloyatda taşkil etilgan aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan maktabga öqiş istagini bildirgan taqdirda ariza topşiradi va kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida (24 nafari) imtihonsiz mazkur ixtisoslaştirilgan maktablarga qabul qilinadi. 

Belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslaştirilgan maktabga öqiş istagini bildirsa, ustunlik yuqori ball töplagan talabgorga beriladi. Agentlik tizimida yangi taşkil etilayotgan ixtisoslaştirilgan maktablarga hujjat topşirişda talabgorning hududiy mansubligi inobatga olinmaydi. 

Yangi oçilgan ixtisoslaştirilgan maktablarning aniq fanlar yönalişiga öquvçilar qabuli 2022/2023-öquv yilida 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yönalişiga 7-11-sinflarga, keyingi öquv yillarida tegişliça 5- va 7-sinflarga amalga oşiriladi.