1-3 may kunlari Gretsiyaning Rodos şahrida şaxmat böyiça bolalar va ösmirlar örtasida jahon çempionati bölib ötdi. Unda iştirok etgan uç nafar özbekistonlik yoş şaxmatçidan ikki nafari sovrindor böldi.

Surxondaryo şaxmat maktabi vakili Umida Omonova 16 yoşgaça qizlar örtasidagi bahslarda ham rapid, ham blits yönalişlarida jahon çempioni böldi. U maksimal 9 balldan 8,5 ball töpladi.

Musobaqada, şuningdek, Open12 guruhida bahslarda qatnaşgan Toşkent şahri vakili Humoyun Bekmurodov rapid va blits bahslarida 7 oçko bilan 2-örinni qölga kiritdi. Open16 guruhida qatnaşgan Olmos Rahmatullayev musobaqani törtinçi örinda yakunladi.

Respublika gender komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva yoş şaxmatçilarni medallar bilan tabrikladi.

“Qizlarimizning intellektual salohiyati meni doim qoyil qoldiradi!

Surxondaryo şaxmat maktabi vakilasi Umida Omonova tezkor şaxmat böyiça ösmirlar örtasida jahon çempioni böldi. 40 ta mamlakatdan kelgan 330 sportçi orasida aynan Umida bu ajoyib natijaga erişdi!

Kumuş medal ham şaxmatçimiz Humoyun Bekmurodovga nasib qildi. Yurtimiz dunyoning şaxmat poytaxtiga aylanib bormoqda.

Çin qalbdan tabriklayman! Umida bilan yuzma-yuz uçraşuv onlarini intiqlik bilan kutib qolaman!” – deya yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Ma’lumot uçun, Umida Omonova 2019 yili 13 yoşida FIDE ustasi unvonini olgandi. Şu tariqa u Özbekiston tarixida uşbu unvonni qölga kiritgan eng yoş ayol masterga aylangandi