Çapdan QK Boş ştabi boşliği general-mayor Şuhrat Xolmuhammedov va AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurilla / Foto: Kun.uz

«Özbekiston mintaqada yetakçi, Özbekistonning xavfsizligi esa mintaqa xavfsizligidir. Bu men uçun «boşqalarni tinglaş»ga asoslangan taşrifning bir qismidir, bu Markazqöm mas’ul bölgan hududlardagi mamlakatlarga taşrifdir. Men har bir mamlakat rahbariyatidan ular duç kelayotgan tahdidlar, munosabatlardagi böşliqlar va eng muhimi, şerikçiligimizni mustahkamlaş uçun istiqboldagi imkoniyatlar haqida eşitişni istayman. Bu safar yakunida men özimning 90 kunlik hisobotimni AQŞ rahbariyatiga topşiraman.

…Men öz kuzatuvlarimda AQŞdagi boş qarorgohimizda turgan holda emas, balki şaxsan va yuzma-yuz uçraşuvdagi suhbatlarimizga asoslanaman», – deydi AQŞ rasmiysi.

General Kurilla, şuningdek taşrif davomida unga Özbekiston Qurolli Kuçlari Boş ştabi boşliği general-mayor Şuhrat Xolmuhammedov hamrohlik qilgani va u bilan köplab muhim masalalarni muhokama qilganini ta’kidlagan.

Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurillani kutib olmoqda / Foto: Kun.uz

«Muhokamalar çoğida biz harbiylarimiz 20 yil davomida töplagan jangovar tajribalardan olgan saboqlar bilan bölişiş imkoniyatini izladik. Bu saboqlar qatorida jangovar tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş ham bor. Sönggi 20 yildagi janglar davomida qurolli kuçlarimiz texnologiya, harbiy texnika va ilğor tajribalar töplaş borasida köp narsalarni örganişdi. Endi biz özbekistonlik hamkorlarimiz bilan öşa olgan tajribamizni örtoqlaşamiz. Şuningdek, biz özbekistonlik harbiylar amerikalik harbiylar uçun qimmatli böladigan jangovar tayyorgarlik, texnika va qoidalarni ham örganib olişga umid qilamiz».

AQŞ Markazqöm rahbari Özbekiston rahbariyatini Yaqin Şarqdan öz vatandoşlarini qaytariş böyiça qilgan sa’y-harakatlarini olqişlaşini aytgan.

Şuningdek, Maykl Kurilla uçraşuvlarda maxsus amaliyotlar böyiça ikki davlat harbiylari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yöllari muhokama qilinganini ta’kidlagan.