Burhonovga köra, Toşkent şahrida 2021 yil davomida 184 ta korrupsion jinoyat sodir etilgan bölib, bu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 82 mlrd 638 mln sömlik moddiy zarar yetkazilgan.
Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar böyiça eng yuqori körsatkiç Uçtepa (33), Mirobod (25), Çilonzor (20), Mirzo Uluğbek (20) va Yaşnobod (18) tumanlariga töğri keladi.
“Şahar korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir qiliş körsatkiçi böyiça ötgan 3 oyda (fevral-aprel) respublikada eng yuqori örinlarni egallab turibdi. Xususan, fevral oyida 37 ta, va mart oyida 50 ta jinoyat işi bilan 2-örinni egallagan bölsa, aprel oyida 69 ta jinoyat işi bilan 1-örinni egalladi.
Reytingning yana bir asosiy indikatorlaridan biri bölgan budjet mablağlaridan noqonuniy foydalaniş holatlari böyiça ham Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda. Xususan, fevral oyi reyting natijasiga köra 16 ta nazorat obektida 5 mlrd 740 mln söm miqdoridagi mablağlarning maqsadsiz sarflanişi bilan boğliq holatlar böyiça respublikada 3-örinni egallagan bölsa, mart oyida 80 ta nazorat obektida 29 mlrd 23 mln söm miqdoridagi mablağlarning maqsadsiz sarflanişi bilan boğliq holatda respublikada 2-örinni band qilgan”, – deya Akmal Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
“Korrupsiya holatlariga duç kelganmisiz?” mavzusidagi sörovda şaharda yaşovçi respondentlarning 26 foizi “Ha” deb javob bergan va bu – Buxoro viloyatidan keyingi ikkinçi yuqori körsatkiçdir.
Agentlik rahbariga köra, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilayotganlik ehtimoli böyiça OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil mart va aprel oylarida Özbekistonda jami 244 ta şu mazmundagi xabarlar e’lon qilingan bölsa, şundan 124 tasi yoki 50 foizi Toşkent şahri hisobiga töğri kelmoqda.
Bundan taşqari, Toşkent şahri – Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga aholisi korrupsiya böyiça eng köp murojaat qiladigan hududlardan biri bölib, 2022 yil birinçi çoragida jismoniy va yuridik şaxslardan şu mazmundagi jami 4 372 ta yoki har 100 ming aholi soniga örtaça 45 ta murojaat kelib tuşgan.
Poytaxtdagi 40ga yaqin eng muhim, vakolatli boşqarma, taşkilot rahbarlarini özida jamlagan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşining faoliyati ham maqtanarli darajada emas.












