Buxoro viloyati kiçik sanoat zonalari hududida joylaştiriş uçun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan import örnini bosuvçi va eksportbop, raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişga yönaltirilgan qiymati 678 mlrd sömlik 305 ta istiqbolli loyihalar manzilli röyxati şakllantirilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va Qişloq xöjaligi vazirligining Buxoro viloyatida qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan va ball boniteti past qişloq xöjaligiga oid ekin yer maydonlari negizida kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyati hokimligi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Suv xöjaligi vazirligi bilan birgalikda qişloq xöjaligiga möljallangan past rentabelli 34,2 gektar yer maydonlarini sanoat maqsadlariga möljallangan yerlar toifasiga ötkazilişini ta’minlaydi.

Belgilanişiça:

  • kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş maqsadida yer uçastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zarar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda töliq qoplangandan söng uşbu yerlardan boşqa maqsadlarda foydalaniladi;
  • qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar olinişi sababli qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklari örnini qoplaş böyiça amaldagi qonunçilikka  muvofiq belgilangan tartibda amalga oşiriladi;
  • qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari qisqarib ketişi oldini oliş maqsadida 2023 yil 1 yanvarga qadar toifasi özgartirilayotgan suğoriladigan yer uçastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar özlaştirilişi ta’minlanadi.