IMD Business School talqiniga qaraganda, Daniya iqtisodiyoti eng raqobatbardoş davlatlar orasida ötgan yilgi 3-örindan 2022 yilda 1-öringa kötarildi.
Uşbu mamlakat IMD Business School jahon raqobatbardoşlik indeksini e’lon qilayotganidan beri 34 yil içida birinçi marta birinçi poğonani egalladi.
Daniya özining siyosati, Yevropa ittifoqiga a’zo davlat böliş afzalliklari tufayli 1-örinni egalladi. Mamlakat dunyodagi eng raqamlaştirilgan va eng «yaşil» davlat hisoblanadi, şuningdek moslaşuvçan va samarali korporativ sektorga ega.
Bundan taşqari, Daniya kuçli ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy yönaltirilgan iqtisodiyot, past qarz darajasi va turizmga çeklangan qaramlik tufayli pandemiyani boyroq qöşnilariga qaraganda yaxşiroq yengib ötdi. Hozir Daniyada işsizlik 14 yillik eng past darajaga yetdi, bu yil yalpi içki mahsulot 3,4 foizga ösişi kerak.
Dunyoning eng raqobatbardoş 6 ta iqtisodiyoti quyidagiça:
1. Daniya
2. Şveytsariya
3. Singapur
4. Şvetsiya
5. Hongkong
6. Niderlandiya.












