Peterburgning «Zenit» klubi sobiq futbolçisi va futbol böyiça Rossiya milliy jamoasi sobiq sardori Igor Denisov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga oçiqçasiga qarşi çiqdi hamda buni «halokat» va «dahşat» deb atadi. Bu haqda futbolçi 15 iyun, çorşanba kuni jurnalist Nobel Arustamyanga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Men uçun bu zarba emas, dahşat böldi. Men juda hissiyotli odamman. Çivinni ham öldirolmayman. Men uçun uruş dahşatga töla ofatdir. Bilaman, balki bu sözlarim uçun qamoqqa taşlanişim yoki öldirilişim mumkin, lekin men buni qanday bölsa şunday deyman», - dedi Denisov.
Futbolçining tan olişiça, 24 fevraldan keyin u oilasi bilan mamlakatni tark etişi kerakmi yoki yöqmi, bir hafta öylagan, ammo oxir-oqibat u, xotini va bolalari qolişga qaror qilişgan. «Nega men jim ötirişim kerak? Agar bunga qarşi bölsa, gapiriş kerak», deb tuşuntirdi u.
Futbolçi, şuningdek, hujum boşlanganidan söng darhol Putinga videomurojaat yöllab, uruşni töxtatişni söraganini aytdi. «Men hatto şunday dedim: «Oldingizda tiz çökişga tayyorman». Men mağrur yigitman. Hammasini töxtatib qöyişi uçun men uning oldida tiz çökişga tayyor edim. Bir kişining hayoti nima - qandaydir Denisovniki? Mağrurlik yöqoldi, çunki men hammasi qayerga qarab ketayotganini tasavvur qilgandim», dedi Rossiya milliy jamoasi sobiq sardori. Uning sözlariga köra, videomurojaatini e’lon qilişga heç kim rozi bölmagan.
«Hozir ham qörqyapman. Lekin buni aytmasam bölmaydi. Men heç qayerga yaşirinmayman, heç qayerga bormayman, kerak emas. Nima bölsa, şu böladi. Lekin qanday qilib içdan ötgan narsani gapirmaslik mumkin? Bilasizmi, balki boşqaça fikrda bölganlar uçun, men bema’ni gaplarni aytayotgandirman, lekin özim uçun - buni bildirişim kerak deb öylayman», - dedi Denisov.
Denisov xalqaro sport taşkilotlarining uruş boşlanganidan keyin rossiyalik sportçilarni musobaqalardan çetlaştiriş haqidagi qarorini töğri deb atadi. «Menimça, bu töğri. Bu mening fikrim. Siz, men, biz hammamiz sodir bölayotgan voqealarga daxldormiz. Buni töxtatiş kerak. Buni bizga nisbatan qattiqqöl narsa orqali töxtatiş mumkin. Biz hammamiz bu yordam bermaydi deb kulyapmiz, bu bema’nilik, yöq», deya Denisov öz pozitsiyasini tuşuntirdi.
«Vaziyatning yuzaga kelişida özimni ayblayapman. Biz öz nuqtayi nazarimizni hukumatimizga yetkaza olmayapmiz. Bu notöğri ekanligiga töliq aminman», - dedi futbolçi. Uning sözlariga köra, agar u uç yil oldin katta futboldan ketmaganida, hujum boşlanganidan keyin şuni qilgan bölardi.













