Agar AQŞ Ukrainadagi uruşdan çetda qolganida va Kiyevga yordam bermaganida, «Yevropada xaos boşlangan bölardi», Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa boşqa mamlakatlarga bostirib kirişda davom etardi. Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden juma, 17 iyun kuni AP agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Men Qöşma Ştatlar prezidentiman. Gap mening siyosiy jihatdan omon qolişim haqida emas. Gap AQŞ uçun nima yaxşi bölişi haqida. Bu hazil emas. Agar eng muhim kuç, NATO, ... Rossiya agressiyasiga köz yumsa nima böladi? 100 000 kişilik armiya butun bir xalqning madaniyatini egallaş va yöq qiliş maqsadida çegarani kesib ötiş urinişiga e’tibor berilmaganida?» - dedi Bayden.
«Qörqamanki, biz körişimiz mumkin bölgan keyingi qadam Yevropadagi xaos bölardi. Siz Rossiya qöşinlari oldinga qarab harakat qilganini körar edingiz. Polşa, Çexiya va NATOga a’zo boşqa mamlakatlarda nima bölar edi? Xitoy Tayvan haqida, Şimoliy Koreya yadroviy qurol haqida nima deb öylagan bölardi?», dedi AQŞ prezidenti.
Bayden Ukrainaga yordam berişga va Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşga qaror qilar ekan, bu oson bölmasligi haqida ogohlantirganini eslatdi. «Bu bepul narsa emas, lekin harakatsizlik oqibatlari yomonroq bölar edi», dedi prezident AQŞda narxlarning oşişi haqidagi savolga javob qaytarib.
«Siz mendan Amerika xalqiga nima deyişimni sörayapsiz. Men butun umrim davomida taşqi siyosat bilan şuğullanganimni aytgan bölardim. Işonçim komilki, agar Putinning uzoqqa borişiga imkon bersak, u töxtamaydi», - deya xulosa qildi Bayden.
«Biz hali ham öz strategiyamizga sodiq qolamiz va bu strategiya nafaqat Kreml rasmiylariga, balki Rossiyada qaror qabul qiladigan yaqin va asosiy odamlarga ham qaratilgan», - dedi AQŞ Davlat departamenti vakili Ned Prays jurnalistlarning Bayden ma’muriyati ba’zi a’zolarida Rossiyaga qarşi sanksiyalarning samaradorligiga şubha holatlari haqidagi savoliga javob berib.
Praysga köra, AQŞ strategiyasi nafaqat moliyaviy sanksiyalar, balki eksport nazoratga ham taalluqlidir, u «qisqa muddatda va undan ham uzoq muddatda Rossiyani sanoat, texnologik, mudofaa bazasi va boşqa muhim hamda strategik sektorlar uçun zarur bölgan narsalardan mahrum qiladi».
«Bizning maqsad - bu çoralar - moliyaviy sanksiyalar, eksport nazorati va boşqalar - Kreml uçun, asosiy qaror qabul qiluvçilar uçun imkon qadar oğriqli bölişi. Şu bilan birga, biz nafaqat bu yerda, balki boşqa mamlakatlarda ham oqibatlarni kamaytiriş uçun hamma narsani qilyapmiz», dedi Davlat departamenti vakili.













