Shu jumladan bugungi kunda:

  • Xalqaro konsultantlar (BCG va PwC) tomonidan kompaniyaning ESG profili diagnostika qilindi va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
  • ESG mas’uliyat markazi – ESG standartlarini joriy qilishni muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalar bo‘yicha mas’ul qo‘mita tashkil qilindi;
  • ESGni joriy etish bo‘limi – “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisi Mehriddin Abdullayevning Transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi, ESG standartlarini joriy etish uchun bevosita mas’ul tarkibiy bo‘linma tashkil qilindi.
  • Kompaniyaning ESG maqsadlari va ularning ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqarish korxonalari rahbariyatini ESGning dolzarb masalalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 15-16 iyun kunlari qazib chiqarish boshqarmalari va gazni qayta ishlash zavodlarida, xususan Muborak tumani va Qarshi shahrida Boshqaruv Raisining maslahatchisi (A. Mustafayev) va ESGni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (M. Nigmadjanov) ishtirokida ochiq o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilar quyidagilar bilan yaqindan tanishdilar:

  • ESG bilan bog‘liq asosiy tushunchalar;
  • Ushbu standartlar kelib chiqishining tarixiy jihatlari;
  • BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (UN SDG);
  • O‘zbekiston Respublikasida ESG sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
  • BCG, EY va McKinsey kabi xalqaro maslahatchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalaridir.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbarlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Zavod direktori Shamsiyev Shermat Jo‘raqulovich ushbu mavzuga o‘z qiziqishini bildirdi va ESG standartlarini joriy qilish jarayonida puxta rejalashtirilgan harakatlar muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekneftgaz” AJning Qarshi shahridagi ma’muriy binosida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” MChJ rahbariyati uchun seminar tashkil qilindi.