Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Kattaqörğon tuman bölimi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari bilan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Tekşiruvda, tumandagi “Mirzo Uluğbek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S.X. tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pişirişga möljallangan qölbola yasalgan peçlarga 10 dona nostandart gaz yondirgiçlarini özboşimçalik bilan örnatib işlatgani natijasida, umumiy da’vo muddatidan kelib çiqqan holda davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd söm zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Özbekistonda uç oyda 28 million kub metrdan oşiq tabiiy gaz noqonuniy işlatilgani ma’lum qilingandi.












