“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Jumladan, yaqinda “Olmaliq KMK” AJning sement korxonalarida “Tayyor mahsulotni yuklaş jarayonini avtomatlaştirilgan tarzda nazorat qiliş tizimi”ni joriy etiş işlari yakunlandi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

– Tizim tayyor mahsulotlarni yuklaş, mavjud texnologik va biznes jarayonlarining tezkorligini oşiriş, avtomatlaştiriş va optimallaştiriş uçun möljallangan texnik dasturiy va apparat vositalarining yiğindisi hisoblanadi, – deydi Işlab çiqarişni avtomatlaştiriş boşqarmasining texnologik jarayonlarni boşqariş tizimlarini avtomatlaştiriş xizmati boşliği Zarifjon Alimov.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

– Avvalari, mahsulot yuklaş jarayonida inson omili, bir qator qoğoz hujjatlar, tuşunmovçiliklar va xaridorlar orasida tartibsiz navbatlar vujudga kelgan. Zamonaviy tizimning joriy etilişi esa bir qator qulayliklarga sabab böldi. Mijoz zavodning savdo-sotiq bölimiga taşrif buyurib, hujjatlarni rasmiylaştiradi va ştrix kodga ega böladi. Aynan şu yerning özida elektron navbat ham şakllanadi. Şundan söng, xaridor nazorat ötkaziş joyida ştrix kodini skanerdan ötkazadi, hujjatlar töğri bölsa, kiriş uçun ruxsat oladi. Sönggi bosqiç yuklaş jarayoni hisoblanadi. Bunda ham ştrix kodning özi kifoya qiladi.

E’tiborli tomoni, tizimning özi Savdo-sotiq bölimida rasmiylaştirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda mahsulotlarni avtotransport yoki temiryöl transport vositalariga yuklanadi. Natijada yuklaş hujjatlarini tezkor qabul qiliş imkoni yaratilib, xizmat körsatiş tezligi 2 barobarga oşirildi.

Bundan taşqari, avtotransport va maxsus yuklaş vositasi hamda temiryöl transportining davlat raqamini tizim video tasvirga olib ştrix kod bilan soliştirib boradi. Yuklaş jarayoni ham töliq videokuzatuv ostida keçadi.

Foto: ​​​​OKMK Axborot xizmati

Ta’kidlab ötiş joizki, bu kabi dasturiy ta’minot OKMKda ilk marotaba qöllanilmoqda . U avval mavjud bölgan tizimlardan qulayligi va bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi hamda juda samarador.