Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga Yevroittifoqqa kirişga nomzodlik maqomini berişni tavsiya qildi. Bu haqda YeK rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, YeI ijroiya organi bu mamlakatlarga kelgusida bajarişi zarur bölgan qator talablarni ilgari surgan. Talablar sud, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarşi kuraş bilan boğliq.
Yevrokomissiya qaroriga köra, Gruziya ham «ustuvor vazifalarni bajarganidan söng» YeIga nomzodlik maqomini olişga da’vogarlik qilişi mumkin.
Ukraina va Moldova nomzodlik maqomini olişi uçun Yevropa kengaşi tarkibidagi 27 davlat rahbarlari va hukumat vakillarining bir ovozdan ma’qullovi talab qilinadi.
Yevrokengaş a’zolari kelasi haftada Bryusselda bölib ötadigan sammitda bu masalani muhokama qilişi kutilmoqda, deb yozadi Politico. Naşrning ma’lumot berişiça, kamida uç mamlakat Ukrainaga nomzodlik maqomini berişga qarşi çiqmoqda.
Yevroittifoqqa kiriş murakkab qadamlar va şartlarni öz içiga olgan jarayon bölib, u 10 yildan ortiq vaqtni olişi mumkin, deya qayd etgan Bloomberg.












