Uçraşuvda Amerika tomon Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi faoliyati bilan batafsil taniştirildi.

Gender kun tartibini “C5+1” muloqot formatida birgalikda tarğib qilişdan manfaatdorligiga urğu berib, Davlat departamenti vakili Özbekistonda “C5+1” ayollar biznes-forumini AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi va işbilarmon ayollari iştirokida ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatladi.

Tanzila Norboyeva taşrif doirasida AQŞning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik böyiça komissiyasining (Xelsinki komissiyasi) katta siyosiy maslahatçisi Jyenis Xelvig bilan uçraşdi.

Xelsinki komissiyasi vakili odam savdosiga qarşi kuraşiş va gender masalalari bilan şuğullanuvçi, şuningdek, Markaziy Osiyo bilan işlaş borasida 25 yillik tajribaga ega bölgan mutaxassis sifatida “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan özbek paxtasiga qöyilgan boykot bekor qilingani ham muhim voqea ekanligini aytib ötdi.

Şuningdek, Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi AQŞ moda industriyasi uyuşmasi (USFIA) prezidenti Juliya Xyuz bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv davomida “Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan “paxta boykoti” bekor qilinişi munosabati bilan Amerika brendlari bilan biznes hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollari muhokama etildi.

Uçraşuvda Amerika brendlari va mahalliy töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar örtasida töğridan töğri işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş böyiça muvofiqlaştirişni davom ettiriş töğrisida kelişuvga erişildi.

Özbekiston delegatsiyasi Kongress kutubxonasiga “Özbekiston madaniy merosi dunyo töplamlarida” loyihasidan kitoblar töplamini ham topşirdi.

Marosimda özbek tilidagi kutubxona töplamlari saqlanayotgan Yaqin Şarq va Afrika adabiyoti bölimi direktori Joan Viks hamda Arab dunyosi bölimi boşliği Muxannad Salxi iştirok etdi.

Tadqiqotçilarni Markaziy Osiyo va örta asr Şarqiga mansub, ayrimlari 7 asrga oid nodir asarlar, tarixiy hujjatlarning noyob qölyozma namunalaridan iborat faksimil qölyozmalar hayratga soldi va quvontirdi.