Özbekiston tepasidan uçib ötgan Amerika razvedka samolyoti qanday urib tuşirilgan edi?
|19:15 / 18.06.202277 65111 min
1960 yil may oyida AQŞ harbiy havo kuçlariga qaraşli samolyot Afğoniston tomondan SSSR çegarasini buzib ötadi. Söng Tojikiston, Özbekiston va Qozoğiston tepasidan uçib ötib, RSFSR hududiga kiradi. Sovet harbiylari samolyotni Sverdlovsk (hozirgi Yekaterinburg) şahri yaqinida urib tuşirişadi.
1960 yil 1 may kuni Pokistonning Peşavor şahridan AQŞ harbiy havo kuçlariga qaraşli U-2 razvedka samolyoti harbiy uçuvçi Frensis Pauers boşqaruvida havoga kötariladi. Samolyot SSSRda razvedka ma’lumotlarini olib söng Norvegiyaning Budyo şahrida joylaşgan AQŞ harbiy bazasiga borişni rejalaştirgandi.
Mazkur samolyot maxsus tayyorlangan bölib, avval ham bir neça marta SSSR çegaralarini buzib kirgandi. Ammo u 24 ming metr balandlikda uçgani sababli sovet harbiy samolyotlari uni tutolmagan, havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda zenit raketalari urib tuşira olmagan.
Samolyot SSSR çegarasini tongda, soat 5:36 da Tojikiston janubidagi Kirovobod (hozirgi Panj) şahri yaqinidan buzib ötadi. Söng Stalinobod (Tojikiston poytaxti öşa paytda şunday atalgan) ustidan ötib Özbekiston hududiga kiradi.
Frensis Pauers parvoz qilgan samolyot
Foto: Alamy
Harbiy uçuvçi Frensis Pauers tomonidan boşqarilgan samolyot Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpoğiston tepasidan uçib ötib, Özbekistondagi şaharlar va boşqa muhim obektlarning fotosuratlarini oladi. Söng Orol dengizi ustidan ötib, Qozoğiston hududiga kiradi.
Frensisga SSSRdagi şaharlar va harbiy obektlar qatori Boyqönğir kosmodromi hamda Semipalitinsk yadro sinovlari poligonining fotosuratlarini oliş topşiriği berilgan edi. U Qozoğistondagi işini bajargaç avval Çelyabinsk viloyati hududiga ötadi, söng Sverdlovsk (hozirgi Yekaterinburg) şahri tepasida uça boşlaydi.
Josus samolyot bu hududda Ozyorsk şahrida joylaşgan, yadro qurollari uçun plutoniy işlab çiqaruvçi Mayak zavodining fotosuratlarini olişi lozim edi. Zavod tepasiga yaqinlaşgan Frensisning samolyotini tutiş uçun havoga ikkita harbiy samolyot kötariladi. Ammo ular yerdan 24 ming metr balandlikka çiqa olmaydi.
Frensis Pauers
Foto: stiintasitehnica.com
Ana şu joyda Frensis xotirjamlikka beriladi va samolyot 14 ming metrgaça pastlaydi. Vaziyatdan foydalangan sovet harbiylari uni «Yer-havo» rusumli raketa bilan urib tuşirişadi. Birinçi va ikkinçi raketalar möljalga töğri bormaydi. Uçinçisi esa samolyotning dum qismiga tegadi.
Mavzuga oid
Frensis samolyot qulayotganda özini xotirjam tutadi. Yerga 10 ming metrdan kam qolganda u samolyotni tark etadi. Yerga 5 ming metr qolganda paraşyutni oçadi. Samolyot Sverdlovskdan 30 kilometr nariga qulaydi. Frensis esa sal nariroqqa tuşadi. Öşa zahoti uni mahalliy aholi vakillari qölga olişadi.
Uning yonidan töpponça, piçoq, yiğma qutqaruv qayiği, suv, kompas, sovet pullari va plakat topiladi. Plakatda 14 ta tilda «Sizga duşman emasman. Menga yordam bersangiz mukofotlanasiz» degan sözlar yozilgandi. Frensisni öşa zahoti Moskvaga jönatişadi.
Frensis Pauersning yonidan çiqqan narsalar
Foto: Alamy
Rasmiy Vaşingtonning bayonoti
Frensis Pauersning samolyoti urib tuşirilgani oşkor bölgaç, 1960 yil 3 may kuni AQŞ davlat departamenti maxsus bayonot bilan çiqadi. Bayonotda aytilişiça, Frensis josuslik bilan şuğullanmagan. U Turkiya osmonida ob-havo tadqiqotlari bilan şuğullangan. Atmosferaning yuqori qatlamidan havo namunalari olgan. Söng kislorod yetişmovçiligi oqibatida huşini yöqotgan va samolyot SSSR hududiga ötib ketgan.
1960 yil 7 may kuni SSSR rahbari Nikita Xruşyov AQŞning urib tuşirilgan samolyoti haqida alohida nutq sözlaydi. U josus uçuvçining tirikligini va körsatma berayotganini, samolyot SSSR hududiga razvedka ma’lumotlari oliş uçun kirganini gapiradi.
1960 yil 11 may kuni AQŞ prezidenti Eyzenxauer ham hodisa yuzasidan matbuot anjumani ötkazadi. U samolyot josuslik maqsadida uçmagani, u asosan meteorologik tadqiqotlar uçun parvoz qilganini aytib çiqadi.
Ammo SSSR boş prokurori uning gaplarini rad etib, samolyot içiga örnatilgan maxsus uskunalarning fotosuratlarini e’lon qiladi. Amerika samolyoti haqiqatan ham razvedka ma’lumotlarini oliş uçun jihozlangandi.
Samolyot urib tuşirilgandan bir oy ötib, 1960 yil 31 may kuni SSSR rahbari Nikita Xruşyov Frensisning otasi Oliver Pauersga telegramma yöllaydi.
«Men Frensisning onasi yozgan xatni unga yetkaziş haqida iltimos qilib yozgan maktubingizni oldim. Ammo undan negadir Frensisga yozilgan xat çiqmadi. Sizga şuni ma’lum qilamanki, öğlingiz Sovet Ittifoqi qonunlari doirasida sud qilinadi. Men sudga ta’sir körsata olmayman, qonun bunga yöl qöymaydi. Agar siz öğlingizni köriş uçun SSSRga kelmoqçi bölsangiz, yordamga tayyorman», deyilgandi Xruşyovning telegrammasida.
Frensis Pauers parvoz qilgan yönaliş
Hodisaning AQŞ-SSSR munosabatlariga ta’siri
Frensisning SSSRga parvozidan biroz avval Parijda ikkita davlatga bölingan Germaniya masalasida xalqaro sammit ötkaziş rejalaştirilgandi. Şuningdek, sammitdan söng AQŞ prezidenti Eyzenxauer davlat taşrifi bilan Moskvaga kelişi va yadro qurollarini qisqartiriş masalalari böyiça kelişuvlar imzolanişi lozim edi.
Frensisning SSSR hududiga kirişi va samolyotning urib tuşirilişi har ikki davlat örtasidagi munosabatlarning sovişiga sabab böladi. Parij sammiti ham faqat bir kun ötkaziladi va unda asosiy masalalar muhokamasi ikkinçi darajaga tuşib, har ikki davlat rahbarlari bir-birini ayblaydi. Oxir-oqibat Xruşyov Eyzenxauerning Moskvaga taklif etilganini bekor qiladi.
Şundan söng har ikki davlat harbiy tayyorgarlikning eng yuqori darajasini e’lon qiladi va «sovuq uruş» holati yanada avj oladi.
Hukm
Frensisni bir neça oy davomida tergov qilişadi va undan SSSRdagi AQŞ josuslari haqida ma’lumot olmoqçi bölişadi. Ammo u Amerikaning SSSRdagi josuslari bilan aloqada bölmagani uçun KGB xodimlari undan özlari xohlagan ma’lumotlarni ololmaydi.
Frensis Pauers sud zalida
Foto: rferl.org
Tergovlar tugagaç, 1960 yil 17-19 avgust kunlarida sud bölib ötadi. 19 avgust kuni SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan Frensis Pauersga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi beriladi.
Ayirboşlaş
1962 yil 10 fevral kuni Berlindagi Gliniks köprigi ustida AQŞ va SSSR örtasida ayirboşlov bölib ötadi. AQŞ SSSRga Amerikada qölga tuşgan sovet josusi Rudolf Abelni (haqiqiy ism-şarifi Vilyam Fişer bölgan) topşiradi va örniga Frensis Pauersni oladi.
Frensis Pauers va Rudolf Abel
AQŞga qaytgan Frensisni avvaliga ayblab çiqişadi. Ammo Senat uni oqlaydi va u yana harbiy xizmatga qaytadi. Keyinçalik harbiy aviatsiya korxonalarida sinovçi uçuvçi bölib işlaydi.
1970 yilda SSSRda sodir bölgan voqealar haqida kitob yozadi. Keyinroq AQŞ telekanallaridan biriga işga kiradi va maxsus vertolyotni boşqara boşlaydi. 1977 yilda Santa-Barbaradagi yonğin haqida reportaj tayyorlab ortga qaytişayotganda Frensis boşqarib ketayotgan vertolyot halokatga uçraydi. Oqibatda u va telekanal operatori halok böladi.
Frensisga ayirboşlangan Rudolf Abel kim edi?
Haqiqiy ism-şarifi Vilyam Fişer bölgan bu odam sovet josusi edi. Uning oilasi oktyabr töntarişidan keyin Buyuk Britaniyadan Rossiyaga köçib kelgan edi.
Vilyam yoşligida radiotexnikaga qiziqadi va harbiy öquv yurtida radistlikka öqiydi. 1927 yilda u NKVD tarkibidagi davlat xavfsizlik boşqarmasiga işga kiradi. 1930 yildan boşlab Yevropaning turli davlatlarida josuslik qila boşlaydi.
Rudolf Abel
Foto: lenta.ru
Ikkinçi jahon uruşidan keyin davlat xavfsizlik qömitasi uni noqonuniy mehnat muhojiri sifatida AQŞga kiritişadi. U asosan AQŞdagi yadro qurollari tadqiqotlari haqida ma’lumot yiğişi lozim edi.
Vilyam 1948 yilda litvalik Endryu Kayotisa nomiga olingan pasport bilan AQŞga jönab ketadi. Oradan biroz ötib u Nyu-Yorkka köçib ötadi va nomini Emil Robert deb özgartiradi. Vilyam ingliz bölgani uçun AQŞda unça şubha uyğotmaydi va u ança xotirjam faoliyat olib boradi.
Vilyam Bruklinda fotostudiya oçib şu yerda işlaydi va AQŞdagi sovet josuslari tarmoğiga rahbarlik qiladi. Uning şartli nomi Mark bölgan.
Vilyam AQŞda muvaffaqiyatli işlaydi va bu davlatga borganiga bir yil bölganda Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlanadi.
Vilyamning qölga tuşişi
1952 yilda Vilyamga Moskvadan yangi yordamçi jönatiladi. Vik laqabli bu josus öziga topşirilgan vazifalarni eplay olmaydi. Oradan tört yil ötib, 1956 yilda ortga qaytarişmoqçi bölişganda Vik kutilmaganda AQŞ maxsus xizmatlariga sovet josuslari haqidagi barça ma’lumotlarni sotib qöyadi.
Şundan söng Moskvadagilar Vilyamga AQŞdan çiqib ketişga tayyorgarlik köriş haqida buyruq berişadi. Ammo Vilyamga yangi pasport tayyor bölgunça u AQŞda qolişga majbur edi.
1957 yilda Nyu-Yorkdagi mehmonxonada yaşirinib yotgan Vilyamni FQB agentlari qölga oladi. Dastlabki tergovda u özini marhum döstining nomi bilan atab Rudolf Abel deb taniştiradi. Rudolf Abel ham KGB (bu paytda NKVD tarkibidagi xavfsizlik boşqarmasi alohida qömita qilingandi) podpolkovnigi bölib, 1955 yilda vafot etgandi. Vilyam AQŞda sud qilinadi va unga 32 yil qamoq jazosini berişadi.
Oradan 5 yil ötib, 1962 yilda SSSR va AQŞ sovet josusi Vilyam Fişer hamda AQŞlik uçuvçi Frensis Pauersni ayirboşlaş haqida kelişuvga erişadi. 1962 yil 10 fevral kuni Podstam va Ğarbiy Berlin örtasidagi Glinsk köprigi ustida ayirboşlaş amalga oşiriladi. Şu tariqa Vilyam va Frensis qamoqdan ozod bölib öz mamlakatlariga qaytişadi.
Şundan söng Vilyam KGBda işini davom ettiradi va josuslikka tayyorlanayotgan yoş KGB xodimlariga dars beradi. U 1971 yilda 69 yoşida saraton xastaligidan vafot etadi.
Frensis Pauers hodisasi öz davrida juda katta şov-şuvlarga sabab bölgandi. Şu sababli, mazkur hodisa haqida köplab maqolalar, hujjatli filmlar, şuningdek, AQŞ, Germaniya, SSSR va Rossiya kinoijodkorlari tomonidan turli yillarda beşta badiiy film suratga olingan.