Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Toshkent shahrining qator ko‘chalarida 18 iyun kuni soat 17:00 dan 19 iyun kuni soat 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:

  • Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

19 iyun kuni soat 05:30 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyida keltirilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

  • Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi va Afrosiyob va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Matbuotchilar ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

Boshqarma haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.