Bryussel Ukrainani Yevropa ittifoqiga şoşqaloqlik bilan qabul qilişdan tiyilişi kerak. Bunday fikrni Yevroparlament raisi örinbosari, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi Katarina Barley bildirdi. U bilan suhbat 18 iyun, şanba kuni Die Neue Osnabrücker Zeitung gazetasida e’lon qilingan.

«Şoşqaloqlik bilan qabul qilmaslik kerak», deydi Barley. «Yevropa ittifoqi a’zosini hamjamiyatdan çiqarib bölmaydi», dedi Yevropa parlamenti raisi örinbosari. Uning fikriga köra, bu borada Kiyevni qabul qiliş mezonlari «töliq qondirilganligi» muhimroqdir. 

Salbiy misol sifatida Katarina Barley 2004 yilda Yevropa ittifoqiga qöşilgan Vengriyani keltirdi. Siyosatçining fikriça, Budapeşt qonun ustuvorligini «tizimli» tarzda buzadi. 

Şu bilan birga, naşr suhbatdoşi Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod maqomi berilişini olqişlaşini aytdi. Bu «Moskva uçun bizning qadriyatlarimizni himoya qilişda Yevropa ittifoqi özini qörqitişga yöl qöymasligi haqida muhim signal böladi», dedi Barley. Şu bilan birga, a’zolik mezonlari Yevropa ittifoqiga kiriş uçun boşqa nomzodlarga nisbatan «erkin talqin qilinmasligi» kerak, deya qöşimça qildi Yevroparlament raisi örinbosari. 

Katarina Barleyning sözlariga köra, u «Yevropa ittifoqiga a’zo barça davlatlar Ukrainaning Yevroittifoqqa qöşilişi yölini tekislaşni xohlaşiga deyarli amin». «Vaqt haqida turliça fikrlar bölişi mumkin, lekin asosan hamma maqsad böyiça yakdil pozitsiyada», deya xulosa qildi u. 

17 iyun kuni Yevrokomissiya Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berişni tavsiya qildi. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lumot berdi. Xuddi şunday tavsiya Bryusselda Moldova uçun ham berilgan. Gruziya böyiça YeI Tbilisining Yevropaga oid istiqbollarini tan oldi, biroq mamlakat nomzod maqomi berilişidan oldin keng kölamli islohotlarni amalga oşirişi kerak böladi. 

Boşqa ikki davlatda ham özgarişlar amalga oşirilişi lozim. Ukraina uçun bu yettita qadam, Moldova uçun esa töqqizta. Gruziya 12 ta «uy vazifasini» bajarişi kerak. 

Nomzod maqomini beriş masalasi 23-24 iyun kunlari Bryusselda bölib ötadigan sammitda Yevropa ittifoqi mamlakatlari prezidentlari va boş vazirlari tomonidan körib çiqilişi kutilmoqda. Ijobiy qarorni Yevropa ittifoqining barça 27 davlati bir ovozdan qöllab-quvvatlaşi talab qilinadi.