19 iyun kuni Toşkentda OAV xodimlari hamda blogerlar örtasidagi «Zakovat» turnirining saralaş va pley-off bosqiçi öyinlari ötkazildi.

Saralaş bosqiçiga turnirda iştirok etiş uçun murojaat qilgan 59 jamoadan 55 tasi keldi. Dastlabki bosqiç ikki turda ötkazildi va yakunda 32 jamoa pley-off bosqiçiga yöl oldi.

Ikki tur yakunlariga köra VPN jamoasi eng yuqori - 24 oçko (maksimum 30 ball) töplab, birinçi böldi. «Taniş-biliş» va «Million ilinjida» jamoalari mos ravişda 23 va 22 oçkodan jamğarib, ikkinçi va uçinçi örinlarni egallaşdi.

Saralaş bosqiçida Kun.uz jamoasi ham iştirok etdi, ammo keyingi bosqiçga çiqa olmadi. Birinçi turdan keyin jamoada keyingi bosqiçga çiqiş uçun yaxşi imkoniyat saqlanib turgandi, ammo ikkinçi turdagi körsatkiçlar tufayli jamoa jami 12 oçko bilan 34-öringa tuşib ketdi.

Pley-off öyinlari ham tört bosqiçda ötkazildi. 1/16 finaldan keyin turnirda 16 jamoa qoldi. Nimçorak finaldan favoritlar turnirni tark eta boşladi, xususan saralaş bosqiçida birinçi bölgan VPN jamoasi Kelajak liderlari jamoasiga 8:10 hisobida mağlub böldi, çorak finalda saralaş bosqiçida ikkinçi bölgan «Taniş-biliş» Creativ team jamoasiga yutqazdi (6:8). Bu vaqtda saralaş bosqiçining uçinçi örinni egallagan «Million ilinjida» jamoasi raqiblarini birin-ketin yengib, hal qiluvçi bahslargaça yetib keldi («Liderlar» 9:6, Özbekiston NMIU 8:4, Intel-B 5:4). VPN’ni çiqarib yuborgan Kelajak liderlari jamoasi esa Fiesta jamoasini yarimfinalga kuzatdi (3:4).