Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlarimiz qanchalik faol bo‘lsa, baxtli va hayotidan mamnun ayollarimiz ham shuncha ko‘p bo‘ladi - Saida Mirziyoyeva "Zakovat"ga a'zo bo‘lgan xotin-qizlarga omad tiladi
“Yarfa'illahullaziyna aamanuu minkum vallaziyna uutul ilma darojaat”. Ya'ni “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur…” – Mujodala surasi, 11-oyat”, deya o‘z nutqini boshladi Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva “Zakovat” intellektual klubi kastingi tadbirida.
28 fevral kuni “Zakovat” intellektual klubiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan a'zo bo‘lish maqsadida onlayn ariza topshirganlar uchun kasting o‘tkazildi. Kasting tadbirida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi, “Zakovat” klubiga a'zo bo‘lgan xotin-qizlarga omad tiladi.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, klub kastingiga turli yoshdagi va mavqedagi odamlar yig‘ilgan bo‘lsa-da, ularni birlashtiruvchi maqsad bitta – ilm. Bu maqsad atrofida xotin-qizlarning ham birlashgani esa xursand qiladigan holat.
“Xotin-qizlarimiz qanchalik faol, ilm-fan, madaniyat va tadbirkorlikka, siyosiy jarayonlarga qancha ko‘p hissa qo‘shadigan bo‘lsa, yurtimizda baxtli va hayotidan mamnun ayollar shuncha ko‘p bo‘ladi. Aminmanki, xonadonida namunali beka, pazanda opa-singillarimiz o‘zlarini ilm maydonida ham bemalol namoyon qila oladilar”, deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
Fond raisi o‘rinbosari “Zakovat” klubi ahamiyatiga, unda qizlarning faolligi muhimligiga alohida to‘xtaldi.
“Zakovat klubi – erkaklar bilan teng ravishda ayollar uchun ham omad tramplini; intellektlarni birlashtiruvchi makon, mamlakatni oldinga yetaklaydigan kuchdir. Zakovat – bu bizning uchar gilamimiz, avtomobilimiz, samolyotimiz, raketamizdir. Biz esa imkonsiz narsa yo‘qligini biladigan sayyohlarmiz. O‘zimiz istagan manzilga parvoz qilib, gullar chaman ochilib yotgan zaminga, albatta, yetamiz”, - dedi Saida Mirziyoyeva o‘z nutqida.
Mavzuga oid
21:39 / 15.12.2025
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masalalarini muhokama qildi
17:10 / 13.12.2025
“Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli” - Saida Mirziyoyeva "Insoniy birodarlik"-2026 mukofoti haqida
17:29 / 12.12.2025
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida Rim papasi bilan uchrashdi
20:10 / 10.12.2025