NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bir neça yil davom etişi mumkinligini aytdi.

«Biz bu uruş bir neça yillar davom etişi mumkinligiga tayyorlanişimiz lozim. Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşni zaiflaştirmasligimiz kerak. Hatto bu xarajatlar yuqori bölsa-da — nafaqat harbiy yordam uçun, balki energiya va oziq-ovqat narxlari kötarilişi tufayli ham», — degan NATO rahbari.

Stoltenberg agar bu uruşdan keyin RF prezidenti Vladimir Putin 2008 yilda Gruziyada va 2014 yilda Qrimda bölgani kabi harakat qilişda davom etsa, NATO «ança kattaroq narx tölaşi»ga töğri kelişini qöşimça qilgan.

Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham Ukrainaga taşrifidan keyin The Sunday Times uçun maqolasida Ğarb davlatlari yetakçilarini Ukraina qöşini ğalaba qozongunça davom etuvçi uzoq çöziladigan uruşga tayyorgarlik körişga çaqirgandi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov ham Ukraina «uruş tugaşidan yiroq» ekanini aytgandi.