Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oldindan e’lon qilinmagan holda Nikolayev oblastiga taşrif buyurib, ukrain harbiylarining oldingi pozitsiyasida böldi.

Ukraina prezidenti sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar qilinişiça, davlat rahbari frontdagi vaziyat töğrisida operativ ma’lumotlarni tinglagan, şuningdek harbiylarga davlat mukofotlari topşirilgan.

Volodimir Zelenskiy Nikolayev oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim hamda Nikolayev şahri meri Oleksandr Senkeviçni taqdirlagan.

Keyinroq u Odessaga ham taşrif buyurgan va rossiyaliklar raketa zarbasiga uçrab, vayron bölgan uyni tiklaşni va’da qilgan, şuningdek, harbiylar va şifokorlarga davlat mukofotlarini topşirgan.

«Bu dahşatli jinoyat, uni heç qanaqasiga oqlab bölmaydi. Bu uyda yaşaganlarning barçasi qaytişi uçun bu uyni albatta tiklaymiz», — deya yozgan u öz telegram-kanalida.

23 aprel kuni Odessaga raketa zarbasi berilişi oqibatida köp qavatli turar joy binosida 8 kişi, jumladan bir oilaning uç avlodi vakili - buvi, ona va uç oylik çaqaloq halok bölgandi.

  • Ukraina prezidenti uruşning dastlabki davrida Kiyevdan taşqariga çiqmagandi. May oyida u Xarkivdagi front çiziğiga bordi. 6 iyun kuni esa Donbass va Zaporojye oblastlaridagi front çiziğiga taşrif buyurdi. Nikolayev Rossiya qöşini tomonidan işğol etilgan Xersondan 90 kilometr masofada joylaşgan.