2021 yilgi Nobel tinçlik mukofoti sovrindori, «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratovning medali auksionda 103,5 million dollarga (98,4 million yevro) sotildi. Bu haqda 20 iyun, duşanba kuni savdolarni ötkazgan Amerikaning Heritage Auctions savdo uyi saytida ma’lum qilindi. Xaridorning ismi noma’lum. 

Savdo uyiga köra, mukofotni sotişdan tuşgan barça mablağ BMT Bolalar jamğarmasiga (YuNISEF) ukrainalik qoçqin bolalar va ularning oilalariga yordam beriş uçun yuboriladi. Auksion Nyu-Yorkda bölib ötdi va u 20 iyunda nişonlangan Butunjahon qoçqinlar kuniga bağişlandi. OAVning yozişiça, bu Nobel medalining mukofot tarixidagi eng qimmat sotuvi böldi. 

Dmitriy Muratov Nobel tinçlik mukofotiga sazovor bölgan Rossiyaning birinçi fuqarosi böldi. U filippinlik jurnalist Mariya Ressa bilan «demokratiya va mustahkam tinçlikning dastlabki şarti bölgan söz erkinligini himoya qilişdagi sa’y-harakatlari» uçun mukofotni oldi. Nobel qömitasi izohida aytilişiça, Muratov naşr xodimlariga bir neça bor tahdidlar va bir neça jurnalistlarning öldirilişiga qaramay, «Novaya gazeta» mustaqil siyosatidan voz keçmagan.

Muratov medalni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan mart oyida qaytarib sotiş niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Oradan köp ötmay, «Novaya gazeta» gazetani öz saytida, ijtimoiy tarmoqlarda va qoğoz körinişida naşr etişni Ukrainadagi uruş tugaguniga qadar töxtatib qöyganini ma’lum qildi. Naşr bu qarorini Roskomnadzordan ikkinçi ogohlantiriş olgani, şu sababli «gazeta işini davom ettira olmasligi» bilan izohladi.