Germaniyaning RWE energetika kompaniyasi boş direktori Markus Krebberning fikriça, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan gaz va elektr energiyasi narxi yana 3-5 yil davomida yuqoriligiça qoladi. «Yangi quvvatlar işga tuşişi va boşqa davlatlar qöşimça energiya yetkazib berişi uçun vaqt kerak böladi», dedi u 20 iyun, duşanba kuni Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Krebber Germaniya vitse-kansleri Robert Habekning tabiiy gazni tejaş maqsadida kömirda işlaydigan elektr stansiyalarini köproq işlatiş taşabbusini olqişladi. «Boşqa energiya manbalariga ötiş mumkin bölgan barça sohalarda buni qiliş kerak», - dedi u. RWE rahbarining sözlariga köra, Rossiyadan gaz yetkazib beriş hajmi qisqarişi hozirdan sezilmoqda. «Biz ham kelişilganidan ança past hajmlarni olamiz», dedi Krebber va kompaniya endi yonilğini «sezilarli darajada yuqori va kötarilgan narxlarda» sotib olişga majbur ekanligini qöşimça qildi.
Biroq Krebber Germaniyadagi sönggi atom elektr stansiyalarining 2022 yil oxiridan keyin ham işlaşini rad etdi. RWE Şimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Garzweiler II kömir konidan foydalanişni kengaytirişga pul tikmoqda. «Karer qazişda rejalaştirilgan jarayon muhim, bu ayniqsa biz gazni tejaş ssenariylariga tayyorgarlik körayotganimizda öta dolzarb», dedi Krebber.
Forsa instituti tomonidan ötgan hafta oxirida Germaniyaning RTL va n-tv telekanallari tomonidan e’lon qilingan sörov natijalariga köra, nemislarning 72 foizi allaqaçon gaz va elektr energiyasi, şuningdek, avtomobil yonilğisini tejaşga harakat qilmoqda.
Respondentlarning yana 11 foizi yaqin kelajakda energiyani tejaşga kirişişlarini bildirişgan. Şu bilan birga, respondentlarning 15 foizi bunday qilişni rejalaştirmaganligini aytdi.











