«Özbekiston temir yöllari» xabariga köra, uçraşuvda ikki tomonlama va köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş ijobiy dinamikasi qayd etildi. 

Qayd etilişiça, multimodal transport yölaklari böylab konteyner yuk taşişlarni taşkil etiş, tranzit yuk taşişlarni köpaytiriş imkoniyati, boşqa qator masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar yuk taşiş hajmini oşiriş, yuklarni taşiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, temiryöl orqali olib ötiladigan tovarlar va transport vositalari töğrisida oldindan ma’lumot almaşiş böyiça kelişib oldi.

«Özbekiston temir yöllari» ma’lumotiga köra, uçraşuv yakunida tegişli bayonnoma imzolandi.

Bundan oldin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yil 21-22 iyun kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatda bölişi xabar qilingandi.

Sammit kun tartibidan Özbekiston-Ozarboyjon strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan.

Ikki mamlakat yetakçilari özaro savdo hajmini oşiriş, tadbirkorlar va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuçaytiriş, iqtisodiyot turli tarmoqlarida qöşma investitsiya loyihalarini ilgari suriş, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalaniş, faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida e’tibor qaratadi.

Bundan taşqari, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almaşadi, köp tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqotni rivojlantiriş va özaro qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qiladi.