Özbekiston poytaxti Toşkent şahriga Tojikiston poytaxti Duşanbe şahridan 30 yil içida birinçi yölovçi poyezdi yetib keldi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” xabar bermoqda.

Toşkent-Duşanbe yönalişida yölovçi poyezdining qatnovi yölga qöyilişi haqida prezident Şavkat Mirziyoyev Tojikiston yetakçisi Imomali Rahmonning Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida ma’lum qilgan.

Mazkur poyezd Duşanbedan haftaning duşanba kunlari jönab, Toşkentga seşanba kunlari yetib keladi. Toşkentdan haftaning har seşanba kuni jönab ketib, Duşanbega çorşanba kuni yetib boradi.

Ma’lumot uçun, Toşkentdan Duşanbegaça temiryöl orqali bölgan masofa 916 kilometrni taşkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.