Germaniya hukumati yadroviy qurolni taqiqlaş töğrisidagi şartnomaga qöşilmaydi. Bunday harakat Germaniyaning NATOga a’zoligidan kelib çiqadigan majburiyatlariga mos kelmaydi, qurolsizlaniş xavfsizlik siyosati sohasidagi vaziyatni hisobga olgan holda amalga oşirilişi kerak, deyiladi Germaniya hukumatining Bundestagdagi söllar partiyasidan deputat Sevim Dagdelen söroviga javobida.

Hujjatda aytilişiça, Rossiyaning Ukrainaga hujumi Moskvadan kelayotgan tahdidlarni körsatyapti. Şu bilan birga, Germaniya hukumati yadrosiz dunyo ğoyasiga sodiqligini ta’kidladi. 

Yadro qurolini taqiqlaş töğrisidagi şartnoma 2021 yil yanvar oyida kuçga kirdi. Uşbu taqiq yadro qurolini işlab çiqiş, sinovdan ötkaziş, saqlaş, oliş, taşiş va işlatişni öz içiga oladi. Şartnomaga 65 ta davlat qöşilgan, biroq AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Pokiston, Şimoliy Koreya va Isroilni öz içiga olgan «yadro klubi»ning birortasi ham unga a’zo emas. 

Germaniya özining yadro quroliga ega emas, ammo uning hududida Amerika yadroviy kallaklari joylaşgan. «Germaniya va uning ittifoqçilari yadro qurolidan foydalaniş tahdidi ostida ekan, NATO doirasida işonçli yadroviy tiyib turiş zarurati saqlanib qolmoqda», — deyiladi hukumatning deputat söroviga javobida.