Bugun, 22 iyun kuni Hilton mehmonxonasida PDP University oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’limi vazirligi mutasaddilari, xalqaro taşkilotlar, mahalliy va xorijiy OTM rektorlari, özbekistonlik öqituvçi va repetitorlar hamda OAV vakillarini birlaştirdi.

Marosim davomida asosçilar PDP Universitetining afzalliklari, talablar, kelajakdagi rejalar va uşbu loyiha Özbekistonda IT sohasida mutaxassislarni şakllantirişning yangi bosqiçi bölişi haqida sözlab ötişdi.
PDP University IT mutaxassislar uçun foydasiz fanlardan voz keçib, faqatgina kerakli fanlarni öz içiga olgan xalqaro Pearson BTES öquv dasturi böyiça yetuk mutaxassislar tayyorlaşni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Uşbu maqolada IT Universitet afzalliklari, kiriş imtihonlari va boşqa ma’lumotlar bilan tanişamiz.

PDP özi kim?
PDP Özbekistonda 5 yildan beri malakali IT mutaxassislarni tayyorlab, öqitib, işga joylaşişlariga yordam berib keladi. PDP bitiruvçilari EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritadilar. PDP IT yönalişida ta’lim beriş böyiça mutaxassis hisoblanadi. PDP'ni hozirgaça 2000 ga yaqin talaba bitirgan va har 10 ta öquvçidan 9 tasi iş bilan ta’minlangan.

Prezident e’tirofi
2021 yil tadbirkorlar bilan bölib ötgan uçraşuvda davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev PDP Academy va akademiya asosçisi Odilbek Mirzayevni qöllab-quvvatlaşini va vazirliklar orqali yordam berişilişini bildirdi.
Nima uçun PDP University?
Tölaqonli IT Universitet
PDP uçun IT yönalişi – faqat boşlanğiç bilimni beruvçi fakultet emas. PDP University tölaqonli IT Universitet hisoblanadi. Talabalar IT yönalişlarning keng tanlovi orasidan keraklisini tanlab, uşbu yönalişda çuqur bilimlarni özlaştiradilar.












