Toşkent şahrining Mirobod tumani Farğona yöli köçasida yonğin yuzaga keldi.

Bugun, 22 iyun kuni soat 09:03 da Toşkent şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Toşkent şahar Mirobod tumani, Farğona yöli köçasida joylaşgan «Evos» ovqatlaniş oşxonasida yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, öt öçiriş guruhlari yonğin joyiga soat 09:12 da yetib borib, soat 09:24 da qurşab olingan va soat 09:37 da öçirilgan.

Yonğin oqibatida binoning taxminan 60 kvadrat metr maydonda tomi hamda oşxona jihozlari yongan, fuqarolar tan jarohati olişi va halok böliş holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va 4 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan, deyiladi rasmiy xabarda.