Ukrainadagi uruş. Sönggi ma’lumotlar: 

  • Britaniya razvedkasi ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasi Severodonetsk hududini öqqa tutişda davom etib, unga şimoldan Izyum, janubda Popasnaya orqali kirib kelişga urinmoqda;
  • Uruşlarni tadqiq qiliş instituti xabar qilişiça, rossiyalik harbiylar Lisiçanskka janubdan muvaffaqiyatli yuriş qilmoqda;
  • Ukraina kuçlari Qora dengizdagi Ilon oroliga (Zmeiniy) yana zarba yöllagan va duşman harbiy texnikalarining bir qismini yöq qilgan;
  • «Çegarasiz muxbirlar» tasdiqlaşiça, mart oyida Kiyev atrofida halok bölgan ukrain jurnalisti Maks Levin rossiyalik harbiylar tomonidan qatl etilgan;
  • Mikolayev oblasti ma’muriyati Vitaliy Kimning xabar qilişiça, Rossiya 22 iyun tongida Mikolayevga yetti bor raketa zarbasi yöllagan;
  • Lviv sudi rossiyaparast biznesmen va siyosatçi Viktor Medvedçukning hibs muddatini uzaytirdi va uning vagon-restoranini xatladi;
  • Mariupol meri Vadim Boyçenko uruş davrida şaharda kamida 22 ming kişi halok bölganini xabar qildi.

Severodonetsk

Eng oğir janglar ketayotgan hududlarda işlayotgan fotograflar sönggi bir neça kun mobaynida olingan suratlarni namoyiş eta olişmadi. 21 iyun kuni Oleksandr Ratuşnyak şu kunlarda Severodonetskda olingan suratlarni e’lon qildi.

Oleksandr Ratushniak / EPA / Scanpix / LETA

Severodonetskdagi binolardan birining singan derazasidan «Azot» kimyoviy zavodining körinişi. Şaharning sanoat hududi, jumladan «Azot» zavodi hamon ukrain harbiylari nazoratida qolmoqda, zavodda tinç aholi vakillaridan 568 kişi yaşiringan, ular orasida 38 nafar bola ham bor. Bu haqda 21 iyun kuni Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qilgan. 

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain harbiysi Severodonetsk yaqinida Şimoliy Donni keçib ötmoqda. Sergey Gaydayning sözlariga köra, rossiyalik harbiylar şahar atrofidagi aholi punktlarida örnaşib olgan va şaharni öqqa tutmoqda. Severodonetskning özida köça janglari ketmoqda.