Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida örganişlar olib borilgan.
DXX xabarida aytilişiça, örganişlar natijasida yöl infratuzilmasi obektlarida budjet mablağlarini talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi.
2020-2021 yillarda Boyovut tumani yöllardan foydalaniş unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yöllari va “Obod qişloq” dasturiga asosan içki yöllarda amalga oşirilgan qayta ta’mirlaş işlari nazorat ölçovidan ötkazilganda, mazkur korxona mansabdor şaxslari özaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan işlarni qöşib yoziş orqali jami 1 mlrd 525 mln söm miqdoridagi budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani ma’lum böldi.
Hozirda Boyovut tumani yöllardan foydalaniş unitar korxonasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi 167- (“Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












