10:00 / 24.06.2022
11805

Ilk onlayn universitet - IT Park University'ga kirish imtihonlari boshlandi

Foto: IT Park University

Universitet Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan talab yuqori bo‘lgan IT-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Shartnoma narxi xususiy universitetlarga qaraganda ancha past.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i hamda (“IT-PARK UNIVERSITY” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida) VMQ №297ga muvofiq 01.06.2022 yilda O‘zbekistonda birinchi onlayn IT Park University tashkil etildi. Yangi formatdagi universitetning asoschilari IT Park va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda dunyoda yetakchilardan biri bo‘lgan EPAM tashkilotlaridir. Endi butun respublikadan talabalar Toshkentga kelish ehtiyojisiz talab yuqori bo‘lgan IT mutaxassisligiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ta’lim asosan onlayn va qisman oflayn tarzda olib boriladi

Ta’lim gibrid shaklda, asosan, onlayn tarzda olib boriladi. Endi siz uyda hamda IT Park’ning poytaxt yoki 14 ta hududiy bo‘linmalarida ham ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bakalavr dasturi davomiyligi — 3 yil. Talabalarda yuzaga kelayotgan savollarga javob topishda Toshkent shahri hamda barcha hududlarda faoliyat yurituvchi kuratorlar yordam berib boradilar. Batafsil ma’lumotlarni universitetning Telegram-botidan olish mumkin.

O‘qishga kirish uchun yagona imtihon

Asosiy ta’lim tili – ingliz tili. O‘qishga kirish uchun ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi 4,5 balldan kam bo‘lmagan IELTS yoki 42 balldan kam bo‘lmagan TOEFL amaldagi sertifikatlarini taqdim etish yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan test markazlaridan birida test sinovlaridan o‘tish lozim. Imtihon narxi 150 000 so‘mni tashkil etadi.

Talab qilinadigan bilim darajasi – Intermediate (“CEFR B1”). Birinchi kurs dasturi ingliz tilini jadal o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu kelajakda talabalarga o‘quv materiallarini osongina o‘rganishlari va xalqaro jamoalarga qo‘shilishlariga imkon yaratadi.

O‘qituvchilar – amaliyotchi IT mutaxassislari

Universitet professor-o‘qituvchilari turli mamlakatlarning xalqaro kompaniyalarini yetakchi amaliyotchi-muhandislaridan, shuningdek, mahalliy IT-mutaxassislaridan iborat. Ular tayyorlagan o‘quv materiallari dunyodagi eng yirik yuqori texnologiyali kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan joriy tendensiyalar va yechimlar asosida tayyorlangan.

8 ta yo‘nalishdan bittasini tanlash imkoniyati

Birinchi o‘quv yilida IT Park universiteti 1000 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston bo‘ylab talabalar uchun sifatli IT-ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida xususiy oliy o‘quv yurtlarga qaraganda ancha past ta’lim narxi joriy etilgan. Shartnoma to‘lovi miqdori yiliga 9 million so‘mdan boshlanadi.

Ta’lim quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha olib boriladi:

  • Web Development
  • Networks Engineering
  • Software Testing
  • Backend Development (Java)
  • Mobile Development (Android)
  • Front-End Development
  • QA Engineering
  • Big Data Engineering

Aloqa markazi: +998 55 503 99 99

Website: itpu.uz

Instagram: itpu_uz

Facebook: ITPU

Telegram Channel: @itpu_uz

Telegram Bot: @itpu_bot

Reklama huquqi asosida

Top