25 iyunga ötar keçasi Rossiyaning Tu-22M3 rusumli bombardimonçi samolyotlari Ukrainaning Kiyev, Çernihiv va Sumi oblastlari böylab aviazarbalar yöllagan. Ukraina mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasiga köra, bu vaqtda samolyotlar Belarus havo kengligida turib harakatlangan.

«Buning uçun oltita Tu-22M3 samolyoti harakatlangan, ular 12 dona X-22 qanotli raketalari uçirgan. Raketalarni uçiriş joyi — Ukraina davlat çegarasidan taxminan 50-60 kilometr masofada, Petrikov şahri hududi», — deya tasdiqlaydi harbiy razvedka.

Ukrain harbiylari ma’lumotiga köra, bu Rossiya Ukrainaga töğridan töğri Belarus hududidan turib aviazarba yöllaşi bilan boğliq ilk holatdir. «Bugungi zarbalar Kremldagi hukumat Belarusni Ukrainadagi uruşning bevosita iştirokçisiga aylantiriş harakatlari bilan boğliq», deyiladi razvedka boşqarmasi bayonotida.

RF mudofaa vazirligi 25 iyun kungi hisobotida Kiyev, Çernihiv va Sumi oblastlariga aviazarbalar berilgani töğrisida eslab ötmagan.