Ukrainadagi uruş. Sönggi ma’lumotlar
- Ukraina razvedkasiga köra, Rossiya bombardimonçilari ilk bor Belarus ustidan qanotli raketalar uçirdi. Bungaça qanotli raketalar Qora dengiz ustidan, şuningdek Kaspiy dengizi ustidan uçirilardi. 25 iyun tongida Ukraina tomon, jumladan mamlakat şimoli va ğarbiga ham 48 ta qanotli raketalar uçib kelgan.
- Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Severodonetsk hududidagi harbiy harakatlar töğrisida ma’lumot bermay qöygan. Lugansk oblasti rahbari ukrain harbiylari şaharni taşlab çiqqanini ma’lum qilgan. Şuningdek Lisiçansk şahriga janubdan hujum qilinmoqda.
- Ilon oroliga (Zmeiniy) hujum davom etmoqda, Ukraina tomonining navbatdagi zarbalari oqibatida Rossiyaning radiolokatsion stansiyasi, şuningdek ikkita «Pansir» zenit-raketa majmuasi yöq qilingan. Öz navbatida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari orol hududida bir neça dronlar va baravar öt oçiş reaktiv tizimlari snaryadlari urib tuşirilganini ma’lum qilgan.
- Britaniya harbiy razvedkasi hisoblaşiça, iyun oyida Rossiyaning turli harbiy tuzilmalarida qömondonlik qilgan bir neça general lavozimini yöqotgan. Masalan, Rossiya mudofaa vazirligi hisobotida general-polkovnik Sergey Surovikin Donbassdagi janubiy guruh qömondoni sifatida keltirilgan. U avvalroq havo-kosmik kuçlari qömondoni sifatida ma’lum edi.
- Putin va Lukaşenko Peterburgda muzokaralar ötkazdi. Rossiya prezidenti Belarusga «Iskander-M» raketa majmualari yetkazib berilişini va’da qildi. Bu qurollar yadro kallaklari bilan jihozlanişi mumkin.
- Rivne oblastiga raketa zarbalari oqibatida uç kişi halok bölib, tört kişi yaralangan.
- Rossiya armiyasi maktab bitiruvçilari bilan töldirilişi mumkin - Davlat dumasi örta ta’lim diplomini olgandan keyin darhol şartnoma imzolaşga imkon beradigan tuzatiş tayyorlamoqda.
Quyida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv

Xarkiv markazidagi Milliy texnika universiteti sport kompleksi tungi otişmalardan keyin. Ukrain naşrlari xabar qilişiça, kompleksga rossiyaliklar raketasi kelib tuşgan. Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi 24 iyun kuni Xarkiv yönalişida rossiyaliklar şaharning özidagi infratuzilma obektlari va Vyalovskiy rayonidagi suv omborini öqqa tutgani, Uda qişloği atrofida şturm amalga oşirişga uringani va Yavorskoye qişloğiga vertolyotlar orqali zarbalar yöllagani aytilgandi.





























