AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Litva va NATOning boşqa davlatlaridan bölgan razvedka xizmati va maxsus kuçlar bölinmalari zobitlarining keng tarmoği - «kommandoslar» Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni muvofiqlaştiriş, razvedka ma’lumotlarini uzatiş va Ukraina harbiylarini tayyorlaş bilan şuğullanmoqda. Ulardan ba’zilari Ukraina hududida faoliyat yuritadi, deb xabar bermoqda The New York Times gazetasi 25 iyun, şanba kuni nomi oşkor etilmagan suhbatdoşlariga tayanib. 

Ukrainaga yordamni muvofiqlaştiriş böyiça katta iş Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadagi bazalarda amalga oşirilmoqda, biroq Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB)ning ba’zi xodimlari Kiyevda ham faol bölib, ular AQŞdan Ukrainaga «katta miqdordagi» razvedka ma’lumotlarini topşiriş bilan band, deb yozadi NYT.

Bundan taşqari, NATOning boşqa davlatlaridan bölgan «kommandoslar» Ukraina hududida işlaş uçun qolgan yoki vaqti-vaqti bilan mamlakatga kelişadi, dedi uç amerikalik rasmiy gazetaga. Gazeta suhbatdoşlariga köra, bu mutaxassislar Ukraina qöşinlari bilan birga oldingi safda emas, balki harbiylarga mamlakat boşqa hududlaridagi ştab-kvartiralardan yoki masofadan turib şifrlangan aloqa orqali maslahat beradi. 

AQŞ MRB Ukrainada işlayotganini rasman tan olmasa-da, bu fakt Rossiya razvedkasiga yaxşi ma’lum, deb yozadi NYT. «Ularning mamlakatda bölişi Ukrainaga yordam beriş böyiça yaşirin sa’y-harakatlar kölami hamda Vaşington va uning ittifoqçilari öz zimmasiga olayotgan xavf-xatarlarga işora qiladi», — deya ta’kidlaydi naşr. 

Rossiya bosqinidan köp ötmay, avvalroq Ukraina ğarbida qöşinlarni tayyorlagan AQŞ armiyasining 10-maxsus kuçlar guruhi Germaniyada harbiy texnika yetkazib berişni muvofiqlaştiriş uçun guruh tuzdi. Yordam uşbu ta’minotni Rossiyadan ehtimoliy raketa zarbalaridan saqlab qolişga qaratilgan, dedi AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiysi Kristin Vormut. Umuman olganda, Yevropada 20 ga yaqin şunday bölinmalar mavjud, deb yozadi NYT. 

AQŞning Yevropadagi harbiy yordami yana bir jihati Vaşington Kiyevga hadya qilgan ilğor artilleriya moslamalaridan foydalanişni örgatişdir. «Bu tizimlarni şunçaki jang maydoniga taşlab bölmaydi», dedi ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Mark Milli jurnalistlarga. Uning sözlariga köra, AQŞ harbiy xizmatçilariga HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlaridan foydalanişni örganiş uçun olti-sakkiz hafta vaqt ketadi, Ukraina harbiylari esa ikki haftalik tezlaştirilgan öquv dasturidan ötadi, dedi u.