Prezident “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
2022 yil 1 iyuldan boşlab 2025 yil 1 iyulga qadar:
- ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaydi, reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
- Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qoğoz bojxona bojidan ozod etiladi.
2023 yildan boşlab tegişli davlat organlari va taşkilotlari hamda boşqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma naşrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlari majburiy bepul nusxalarini yuboriş amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni xarid qilib oliş tartibi joriy qilinadi (Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bundan mustasno). Bunda, tegişli davlat organlari tomonidan xarid qilib oliş uçun davlat budjetidan mablağ ajratiladi.
Budjet taşkilotlariga ulardagi “kutubxona fondi” xarajat moddasi orqali davriy bosma naşrlar, ular elektron şakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna böliş uçun mablağ yönaltirişga ruxsat beriladi.
1 oktyabrdan boşlab bolalar uçun möljallangan tele- va radiomahsulotlarni işlab çiqariş va efirga uzatiş böyiça har yili eng yaxşi 30 ta loyiha uçun har biri bazaviy hisoblaş miqdori 300 baravarigaça miqdorda bölgan tanlov e’lon qilinadi. Bu boradagi xarajatlar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qöşimça ajratiladigan davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Faol jurnalistlarni muntazam rağbatlantiriş va ular örtasida ijodiy soğlom raqobat muhitini rivojlantiriş maqsadida har çorakda:
- ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan 100 tagaça eng yaxşi material uçun mualliflar (ijodiy guruh a’zolari) quyidan yuqoriga ösib boriş tartibida bazaviy hisoblaş miqdori 50 baravarigaça miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
- amaliy va dolzarb ahamiyatga ega bölgan 100 tagaça eng yaxşi tahliliy materialni tayyorlaş va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiliş uçun davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini beriş böyiça tanlov e’lon qilinadi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi eng yaxşi materiallarni keng jamoatçilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan oçiq va şaffof usulda elektron aniqlaş tizimi – maxsus elektron platformani işga tuşiradi.












